close-icon

Monday - Friday, 09:00 - 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Ikuo Xirayama хalqaro madaniyat karvon saroyida  Amina Baynazarovaning  “Ustozni xotirlab” nomli  ustoz-shogird xattotlik ko'rgazmasi ochildi. 

Ko`rgazmada Toshkent shahri, Andijon hamda Farg`ona viloyatlarida yashab ijod qilayotgan xattotlarning 60 ga yaqin ijodiy asarlari namoyish qilindi.

Salimjon Badalbayev (1942-2025)
Salimjon Badalboyev suls, riq’a, nasta’liq, devoniy, kufriy kabi xat turlarida ijod qilgan. Ustoz xattotning izlanishlari kitobat sohasidan tashqari me’morchilik, amaliy san’at sohalari bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, yurtimizdagi qator inshootlarda u kishining ijod namunalarini uchratish mumkin. Jumladan, Toshkent shahridagi “Ko‘kcha”, “Hazrati Imom”, “Kaffol Shoshiy”, “Hasan ota”, Yunusobod, Islomobod masjidlari, Toshkent viloyatidagi Bo‘stonliq, Oqqo‘rg‘on tumanlari va Chirchiq shahrida, Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on va Paxtachi tumanlarida va Qarshi shahridagi jome masjidlarining devorlari, mehrob va gumbazlari Salimjon domla tomonidan bezatilgan.
Xattotning ijodida adabiy-ma’rifiy kitoblar ustida olib borgan izlanishlari alohida o‘rin tutadi. Uning Abdulla Avloniyning “Turkiy guliston yoxud axloq” asarini eski o‘zbek yozuvchida ko‘chirganini, turli xat turlarida Alisher Navoiyning “Xamsa” dostoniga ishlagan panno va boshqa ko‘plab kompozitsiyalarini mazmunga mos yangi izlanishlar, deyish mumkin. Salimjon Badalboyev xattotlik tarixi va rivojlanish jarayonining bilimdoni sifatida turli kitob va darsliklar tayyorlagan. Xususan, “Alifbo” (hammualliflikda), “Forsiy xat mashqlari”, “Nasx xati” kabi kitoblari xattotlik va arab yozuvi saboqlari bo‘yicha yoshlarga o‘ziga xos qo‘llanma hisoblanadi.

Xattotlik hozirgi kunda Toshkent sharqshunoslik instituti, Toshkent Islom universiteti, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida oʻrgatiladi.

Hozirda Salimjon Badalbayevning sjogirdlari ustozlarining ishini davom ettirib kelmoqda.

Amina Boynazarova – 1976 yil Toshkent shahrida tug`ilgan. Oliy ma`lumotli, Toshkent Davlat Iqtisodiyot universitetini tamomlagan. 2018 yilda Toshkentda ayol – qizlar xattotlik maktabini tashkil qilgan. Hozirda Amina Boynazarova shu maktabda ko`plab shogirdlar tayyorlab kelmoqda. U xattotlik bilan 2017 yildan shug`ullana boshlagan. 

Ko`rgazma ishtirokchilari: Salomova Zulayho, Otajonova Odinaxon, Mamadjanova Dilshodaxon, Jo’rayeva Hilola, Fatidinova Mahsuma, Darvishova Shoiraxon, Rahimjonova Mubina, Vosilova Mubina, Abdukaxxorova Gulmiraxon, Vosilova Me'rojoy, Zakirova Ziyoda, Otajonova Madinabonu, Sharifjonova Ruqiyaxon, Kamola Ro`zmatova, Qodirova Ma`rifat, Salioxunova Madina.

Qatnashchilarga sertifikatlar topshirildi. 

✅Ko`rgazma joriy yilning 27 martigacha davom etadi.