close-icon

Monday - Friday, 09:00 - 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

2025 yilning 6 dekabr kuni soat 17:00 da O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyining katta ko‘rgazmalar zalida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligiga bag‘ishlangan ijodkor Bahodir Zokirovning shaxsiy ko‘rgazmasi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ko‘rgazmada rassomning keyingi yillarda yaratilgan 60 ga yaqin ijodiy asarlari namoyish qilindi.

Ushbu ko‘rgazma rassomning turli yillar va ijodiy davrlarga mansub asarlarini birlashtiradi. Tomoshabinlar Zokirovning ijodiy uslubi rivojlanishini — dastlabki izlanishlaridan tortib, pishiq falsafiy asarlarigacha — izchil ko‘rish imkoniga ega bo‘ladi. Ko‘rgazma zamonaviy o‘zbek san’atidagi muhim voqealardan biri bo‘lib, rassomning san’atga qo‘shgan salmoqli hissasini namoyon etadi.

Bu tadbir nafaqat asarlar namoyishi, balki jonli ijodiy makondir — unda Bahodir Zokirov bilan yillar davomida yonma-yon ijod qilib kelgan rassomlar, musiqachilar, aktyorlar, dizaynerlar va boshqa hamfikr san’atkorlarning hikoyalari va ijodi birlashadi.

Bahodir Zokirov ko‘p qirrali ijodkor:
200 dan ortiq asarlar muallifi bo‘lgan rassom;
bir nechta filmlarda bosh rollarni ijro etgan aktyor;
kino va hujjatli filmlar uchun musiqalar yaratgan bastakor;
rejissor va ijodiy izlanishlar tarafdori.

Uning asarlari O‘zbekiston va xorijdagi shaxsiy kolleksiyalarda saqlanadi hamda bir qator muhim ko‘rgazmalarda namoyish etilgan.

Ushbu ko‘rgazma rassomning ijodiy faoliyatidagi muhim bosqich bo‘lib, yangi davrning boshlanishini bildiradi.

Har bir asar — ma’no, tuyg‘u, musiqiylik va ruhiy izlanishlarga boy katta ijodiy sayohatning bir bo‘lagi.

⭕️ Ko‘rgazma joriy yilning 14 dekabrigacha davom etadi.