close-icon

Monday - Friday, 09:00 - 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Badiiy akademiyaning Ro‘zi Choriyev nomidagi Surxondaryo ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internatida O‘zbekiston xalq rassomi, akademik Ro‘zi Choriyev (1931–2004) xotirasiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi Surxondaryo viloyat bo‘limi tashabbusi bilan tashkil qilingan tadbirda rassom yodga olindi, haykali poyiga gullar qo‘yildi.

Tadbirda so‘z olgan rassomlar va boshqalar Ro‘zi Choriyevning ibratli hayot yo‘li, tasviriy sanʼat rivojiga qo‘shgan hissasi, ko‘p qirrali ijodi, ajoyib insoniy fazilatlari haqida alohida so‘z yuritishdi.

Darhaqiqat, O‘zbekiston tasviriy sanʼatining XX asrdagi ulkan namoyandalaridan biri Ro‘zi Choriyev o‘zining nafis asarlarida mahalliy, milliy va umumbashariy maʼnaviy qadriyatlar, betakror Vatanimiz, fidoyi, soddadil odamlar, go‘zal tabiat manzaralari va xalqimizning turmush tarzini keng tarannum etgan.

Mamlakatimizda keyingi yillarda barcha sohalar qatori madaniyat va sanʼat ham har taraflama qo‘llab-quvvatlanib, rivojlantirilmoqda. Yurtimizda yashab, ijod qilgan taniqli sanʼat namoyandalarining xotirasini abadiylashtirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Prezidentimiz tashabbusi bilan 2021-yilda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufidagi Surxondaryo ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internatiga Ro‘zi Choriyev nomi berilgani va musavvir tavalludining 90 yilligi keng nishonlangani bunga yaqqol misoldir.

Mazkur taʼlim muassasasida rassomga haykal (Botir Hakimov tomonidan yaratilgan) ham qo‘yildi.

O‘zbek tasviriy sanʼati rivojida Ro‘zi Choriyev ijodining o‘rni, yosh avlodni Vatanga muhabbat, milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda asarlarining ahamiyati katta.

Shu bois, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi Ro‘zi Choriyevning milliy tasviriy sanʼatimizni rivojlantirishdagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlangan. U O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sanʼat arbobi, O‘zbekiston xalq rassomi unvonlariga sazovor bo‘lgan hamda “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangan.