Xalqaro an’anaviy tasviriy va amaliy san’at festivalining tantanali ochilish marosimi yuksak saviyada va bayramona ruhda bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida kuy-qo‘shiqlar yangradi, milliy liboslar namoyishi tashkil etildi. Sahna milliy va zamonaviy qo‘shiqlar bilan boyitildi.
Tadbirda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur ishtirokchilarni sanʼat bayrami bilan qizg‘in qutladi.
— Festivalni yuqori saviyada o‘tkazish uchun munosib shart-sharoitlar yaratilmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyevning sanʼat va madaniyatga alohida eʼtibori natijasida O‘zbekistonda bu kabi yirik tadbirlar muntazam o‘tkazilmoqda. Mazkur festival — nufuzli sanʼat loyihasi bo‘lib, u do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlash, yutuqlarni namoyish etish va sanʼatning jamiyatdagi o‘rnini yuksaltirishga xizmat qiladi.
Bu yil Xitoy, Koreya Respublikasi, Turkiya, Ruminiya, Fransiya, Malta, Rossiya Federatsiyasi hamda TURKSOYdan 10 ta loyiha doirasida 80 nafar ijodkor qatnashmoqda. Bu esa festivalga xalqaro qiziqish ortib borayotganini ko‘rsatadi. Shu munosabat bilan xorijiy hamkorlar samimiy tabriklandi.
Marosimda Koreya Respublikasining Kemyong universiteti sanʼat fakulteti dekani Kim Yun Hee va Xitoy Xalq Respublikasi Xubey nafis sanʼat akademiyasi vitse-prezidenti Chen Lichji so‘zga chiqib, festivalning xalqaro hamkorlik va do‘stlik aloqalarini mustahkamlashdagi o‘rnini alohida taʼkidladi.
Festival dasturi davomida 5 kun mobaynida Toshkent shahri, viloyat markazlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida: