close-icon

Monday - Friday, 09:00 - 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan “Yangi O‘zbekiston: mahalla – an’analar – insoniy qadriyatlar” mavzusida rangtasvir asarlari tanlovi e’lon qilinadi.

Mazkur tanlovda 20 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan tajribali ijodkorlar ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan ijodkorlar Tanlov Tashkiliy qo‘mitasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:

  • ariza-anketa;

  • ishtirokchi to‘g‘risida ma’lumot.

Taqdim etilgan arizalar Ekspertlar kengashi tomonidan ko‘rib chiqilib, munosib nomzodlar plenerda ishtirok etish uchun taklif etiladi.

Tanlov ishtirokchilari o‘z asarlarini plener jarayonida yaratadilar hamda plener yakunida ijodiy ishlarini Tanlov tashkilotchilariga taqdim etadilar.

Shundan so‘ng, Tanlov tashkilotchilari plener davomida yaratilgan ijodiy ishlarni Tanlov Hakamlar hay’ati tomonidan ko‘rib chiqish jarayonini muvofiqlashtiradi.

Plenerni tashkil etish muddati, joyi va sanasi Tashkilotchilar tomonidan alohida e’lon qilinadi.

Tanlov g‘oliblari Tashkilotchilar tomonidan ta’sis etilgan diplomlar hamda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

  • 1-o‘rinavtomobil va diplom;

  • 2-o‘rin50 000 000 so‘m va diplom;

  • 3-o‘rin30 000 000 so‘m va diplom.

Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan ijodkorlarning arizalari joriy yilning 1-avgust kuniga qadar O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Ijodkor yoshlar bilan ishlash bo‘limida qabul qilinadi.

Bog‘lanish uchun telefonlar:
(71) 232-06-75; 97 434-04-91

Batafsil: https://t.me/artacademyuz/33913