close-icon

Понедельник – Пятница, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Bugun Toshkent muzeyida Chilonzor tumani oila va xotin-qizlar bo‘limi hamkorligida “Navro‘z uyg‘onish, nafosat va bag‘rikenglik bayrami!” nomli ma'naviy-ma'rifiy, madaniy tadbir o‘tkazildi.

Tadbir doirasida O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a'zosi, rassom Dilorom Mamedovaning “Bahor ifori” nomli ko‘rgazmasi ochildi.

Rassomning betakror va o‘ziga xos uslubi o‘zbek xalqining boy madaniy merosi — urf-odatlari, an'analari va ma'naviy qadriyatlarining yorqin ifodasi sifatida namoyon bo‘ldi.

Ko‘rgazmada “Mo‘tabar ayol”, “Ibratli oila” ko‘krak nishoni hamda “Do‘stlik” ordeni sohibi shoira Hamroyeva Muattar Qobiljonovnaning bayram tabrigi yangradi. Shuningdek, Chilonzor tumani “Oila va xotin-qizlar” bo‘limi va “Oqila ayollar” harakatining “Gavhar” folklor ansambli badiiy-musiqali chiqishlari, muzey rassomi Faina Dedenyovaning kulolchilik ijodidan namunalar namoyishi hamda “Yunus Rajabiy” nomidagi O‘zbek milliy musiqa san'ati instituti talabalarining doira sadolari tadbirga yanada shukuh bag‘ishladi.