close-icon

Понедельник – Пятница, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

24-iyun kuni Toshkent fotosuratlar uyida “O‘zbekiston faxrli ijodkor ayollari” nomli fotosuratlar ko‘rgazmasi ochildi.

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston xalq shoiri Halima Xudoyberdiyeva tavalludining 79 yilligiga bag‘ishlangan she’riyat kechalari, ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbirlar haftaligini o‘tkazish hamda jamiyat va davlat rivojida fidoyi ayollarning o‘rnini ommalashtirish to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq tashkil etildi.

Ekspozitsiyada ijodkor ayollar, san’at va madaniyat namoyandalarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasini aks ettiruvchi fotosuratlar namoyish etildi. Hujjatli fotografiya, portret va reportaj janrlaridagi asarlar orqali ularning kasbiy faoliyati, jamiyat hayotidagi o‘rni hamda ma’naviy qadriyatlarni mustahkamlashdagi xizmatlari yoritildi.

Ko‘rgazmadan O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi fotorassomlar sho‘basi a’zolari R. Sharipov, S. Dehqonov, Z. Ro‘ziqulov, Ye. Volodina, I. Pokrovskaya, Zilolabonu hamda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi fotomuxbirlari — Maqsad Habibullayev, Hotam Mamadaliyev, Zuhriddin Umurzoqov, Tohir Istatov, Muqimjon Qodirov, Farhod Abdurasulov, Siroj Aslonov, Nosirjon Haydarov, Jamshid Norqobilov va Alisher Isroilovning ijodiy ishlari o‘rin oldi. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Andijon, Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand va Farg‘ona viloyatlari vakillarining ishlari ham keng namoyish qilindi.

Tadbir davomida ishtirokchilar ijodkor ayollarning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, yutuqlari va fidokorona mehnatini aks ettiruvchi fotoasarlar bilan yaqindan tanishdilar. Ta’kidlanganidek, mazkur loyiha ijodkor ayollar faoliyatini targ‘ib etish, ularning mamlakat rivojiga qo‘shayotgan hissasini munosib e’tirof etish hamda yosh avlodni yuksak ma’naviy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.

📸 Fotolar muallifi: Ilona Pokrovskaya.