close-icon

Понедельник – Пятница, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

2026-yil 7-avgust kuni Shanxay xalqaro do'stlik assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilib, Xitoy farovonlik jamiyati bolalar saroyi tomonidan o'tkazilayotgan "Mening Osiyodagi uyim: Shanxay bilan uchrashuv" bolalar rasmlari ko'rgazmasining tantanali ochilish handa taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

"Tinchlik va do'stlik" mavzusiga bag'ishlangan mazkur ko'rgazmaga Xitoy, Indoneziya, Laos, Malayziya, Singapur, Janubiy Koreya, Shri-Lanka, Tailand, Turkiya va O'zbekistondan 2 000 dan ortiq bolalar ijodiy ishlari taqdim etilgan bo’lib, ulardan 300 dan ortiq eng sara asarlar 2026-yil 9-avgustdan 30-sentabrgacha Shanxay kutubxonasining Sharqiy filialida hamda Xitoy farovonlik jamiyati bolalar saroyida namoyish etiladi.

Xalqaro tanlov natijalariga ko’ra O'zbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufidagi Respublika ixtisoslashtirilga san’at maktab-internati o’quvchilari Rada Safiya va Xamitova Farzona 1-o’rin,
Mansurova Aziza 2-o’rin diplom hamda Komilova Imona sertifikat bilan taqdirlandi.