close-icon

Понедельник – Пятница, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Bugun *Shanxay sanʼat kolleksiyalari muzeyi (XXR)*da ilk bor O‘zbekiston zamonaviy miniatyurachi rassomlari asarlari ko‘rgazmasi ochildi.

Ko‘rgazmaning tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur ishtirok etdi va so‘zga chiqdi.

O‘zbekistonda miniatyura sanʼati hamda buyuk musavvir Kamoliddin Behzod anʼanalarini davom ettirishga katta eʼtibor qaratilayotganligi sababli zamonaviy miniatyura sanʼati rivojlanmoqda.

Ko‘rgazmada Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura sanʼati muzeyi fondi va O‘zbekiston zamonaviy miniatyurasi rivojiga katta hissa qo‘shayotgan ustoz rassomlar — Davron Toshev, Xayritdin Muhitdinov, Behzod Xajimetov, shuningdek yosh ijodkorlar — Saida Jalilova, Baxtiyor Dedashev, Sherzod Arifboyevning asarlari o‘rin olgan.

Shuningdek, miniatyura sanʼati nazariyasi bo‘yicha Markaziy Osiyodagi yirik mutaxassis, professor Zuxra Raximova hamda yosh sanʼatshunoslar Asalxon Raxmatullayeva va Zilola Asqarova ishtirok etyapti.