Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Bishkek shahrida Gapar Aytiev nomidagi Milliy tasviriy san’at muzeyida “Turk dunyosi ayol rassomlari” xalqaro ko‘rgazmasi ochildi. (https://t.me/artacademyuz/24586)

🟢 Ochilish marosimida TURKSOY Bosh kotibi Sulton Raev mazkur tadbirdan ko‘zlangan maqsad turkiy tilli davlatlar ayol rassomlarini birlashtirish, ularning ijodiy salohiyatini namoyon etishdan iboratligini ta’kidladi.

🟢 Tadbirda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, san’atshunoslik fanlari doktori, professor, mazkur xalqaro loyiha kuratori Kamola Akilova so’zga chiqdi.

🟢 Akademik Kamola Akilova o‘z nutqida ko‘rgazmaning ahamiyati haqida to‘xtalar ekan, turkiy ayollarning iste’dodi asrlar davomida anʼanaviy hunarmandchilik: gilamchilik, kigizchilik, kashtado'zlik, chitgarlikda namoyon bo’lib kelgani, zamonaviy ayol rassomlar o’z asarlarida go'zallik, uyg'unlik va inson ichki olamiga xos tushunchalarini aks ettirish orqali  bu an’anani davom ettirayotganini ta’kidladi. 

🟢 Ko‘rgazmada turkiy davlatlar - O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston hamda Turkiyadan 15 nafar taniqli ayol rassomlar asarlari jamlandi. 

🟢 Yurtimizdan O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasiga a’zo 2 nafar  musavvir - Shahnoz Abdullayeva va Sarvinoz Qosimova qatnashayapti.

🟢 Ko‘rgazma doirasida davra suhbati, Bishkekdagi badiiy ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun ishtirokchi rassomlarning mahorat darslari ham o‘tkaziladi.

🟢 Ko‘rgazmani kelgusida boshqa turkiy mamlakatlarda ham tashkil qilish rejalashtirilgan.