Özbekiston Badiiy akademiyasi Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil, 19-oktyabrdagi 575-son qarori ijrosini ta’minlaş maqsadida ijodiy asarlar tanlovini e’lon qiladi.
Tanlov buyuk tabib va qomusiy olim Abu Ali ibn Sinoning eng yirik va maşhur ilmiy asari — “Tib qonunlari”ga bağişlangan mahobatli monument eskiz loyihalarini yaratiş böyiça ötkaziladi.
Tanlovning maqsadi:
Jahon tibbiyot ilmi rivojiga beqiyos hissa qöşgan uluğ ajdodimiz Ibn Sinoning maşhur merosini mahobatli san’at vositasida abadiylaştiriş, yuqori badiiy saviyaga ega bölgan eng yaxşi monument eskiz loyihalarini aniqlaş va saralab olişdan iborat.
Tanlovda professional haykaltaroşlar, arxitektorlar, ijodiy jamoalar va tegişli yönalişdagi mutaxassislar iştirok etişlari mumkin.
Tasdiqlangan monument loyihasi Buxoro viloyatining belgilangan hududida barpo etiladi.
Iştirokçilarning mahobatli monument eskiz loyihalari 2027-yilning 2-fevraliga qadar Badiiy akademiyaning Ijodiy faoliyatni muvofiqlaştiriş va badiiy loyihalar bilan işlaş boşqarmasi tomonidan qabul qilinadi.
Manzil: Toşkent şahri, Sodiq Azimov köçasi, 35-uy
Murojaat uçun telefon: 71. 232 17 66