close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Rassom Obidjon Sobirovning "MEROS" nomli shaxsiy korgazmasi
 
2026 yilning 22 oktyabr kuni soat 17:00da O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyining katta ko’rgazmalar zalida rassom Obidjon Sobirovning "MEROS" nomli shaxsiy ko'rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.


Rassom 1976-yil 9-iyunda Toshkent shahrida tug'ilgan.

Dastlabki ta’limi: 1992-1996 yillarda P. Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabida tahsil olgan.
Oliy ta’limi: O’zbekiston davlat san’at va madaniyat  institutining sobiq (M. Uyg’ur nomidagi instituti) bakalavriat 2001-yil, hamda 2004-yil magistratura bosqichini tamomlagan.
Pedagogik faoliyati: 2001-2009 yilgacha o’zi tahsil olgan. P. Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabida o’qituvchi bo’lib ishlagan. O'zbekiston Badiiy akademiyasi B.I.U a'zosi. 2009-2010-yillar Komoliddin Behzod nomli Dizayn instituti o'qituvchisi. 2010-2013 yillar Toshkent To'qimachilik va yengil sanoat instituti "Libos dizayn" kafedrasi o'qituvchisi. lavozimlarida ishlagan.
Shaxsiy ko’rgazmalari: 1998 yildan Respublika ko’rgazmalarining qatnashchisi, 1996 yil "Yoshlar ko’rgazmasi, 2000 yil "Navruz", 2001 yil "Rassom va tabiat", 2002 yil "Yopar ko’rgazmasi", 2004 yil "Navqiron O’zbekiston".
2005 yil Kamoliddin Behzod tavalludining 550 yilligiga bag’ishlangan ko’rgazmada “Kamoliddin Behzod’ asari bilan ishtirok etdi va katta e’tirofga sazovor bo’ldi. Bundan tashqari yurtimizning asosiy bayramlariga bag’ishlangan ko’rgazmalarida muntazam ishtirok etib keladi:
·        2011 yil "Rassom va tabiat".
·        2011-2016 yillar Yurtimiz mustaqilligiga bag’ishlangan ko’rgazma.
·        2016 yil Botir Zokirov tavalludining 80 yilligiga bag’ishlangan ko’rgazma.
·        2016-2019 yillar Yurtimiz mustaqilligiga bag’ishlangan ko’rgazma.
·        2021 yil “Ikuo Xirayama’’ xalqaro madaniyat karvon saroyda “Anorli uy” nomli ko’rgazmasi.
O’ziga xos uslub va mahorat bilan ishlaydigan rassomni ko’pchilik yaxshi taniydi. Rassom asarlari ramziy ma’noga boyligi, milliy ornamentsiya va xalq amaliy san’ati naqshlaridan ilhomlanib yaratilgani bilan ajralib turadi. Uning ijodida sharq falsafasida oila, to’kin-sochinlik va baraka ramzi hisoblangan anor obrazi markaziy o’rin tutadi.
Ijodiy yo’nalishi rangtasvir, portert, manzara janrlarida faol ijod qiladi.
Rassomning ushbu “Meros” nomli shaxsiy ko’rgazmasi milliy o’zlikni anglash, ota–bobolardan qolgan o’lmas an’analar va falsafiy mushohadalar ranglar vositasida aks ettirilgan. Rassomning uslubi boy va yorqin ranglar palitrasi, kompozitsion mukammallik hamda milliy miniatyura va xalq amaliy san’ati elemintlarining zamonaviy ranftasvir (akademik va ijodiy uslublar) bilan uyg’unlashib ketgan.
“Meros” nomli ko’rgazmada 25 tacha eng sara ishlari namoyishga qo’yilgan.

Ko‘rgazma joriy yilning 1-noyabrigacha davom etadi.