Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

“Shogirdlarga bahshida umr” — fidoiylik, ijod va san’atning boqiy an’analari

🎨 Bugun, 10-oktabr kuni, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufidagi Respublika ixtisoslashtirilgan dizayn maktabining ko‘rgazma zalida O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zolari — Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumani rassomlari Qo‘chqorboy Akbarov va Olimjon Fozilovning “Shogirdlarga bahshida umr” nomli ko‘rgazmasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

🖼 Mazkur ko‘rgazma ustoz-shogird an’anasining o‘ziga xos badiiy talqinini, san’at orqali avlodlar davomiyligi va uzviyligini ifodalashi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Unda rassomlarning o‘zbek xalqining tarixiy-madaniy merosi, milliy an’analari hamda zamonaviy san’at izlanishlarini uyg‘unlashtirgan asarlari keng jamoatchilik e’tiboriga havola etildi.

💬  Ko‘rgazma ochilish marosimini O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi raisi Ibrohim Valixo‘jayev ochib berdi. U o‘z nutqida san’atkorlarning fidokorona mehnatini e’tirof etar ekan, ularning yosh avlod qalbida milliy g‘oya va qadriyatlarni shakllantirish borasidagi xizmatlarini yuksak baholadi. Shuningdek, bunday tadbirlar san’atga mehr qo‘ygan yoshlarni tarbiyalashda muhim omil ekanini ta’kidladi.

📝 “Shogirdlarga bahshida umr” ko‘rgazmasi — bu nafaqat ikki ijodkorning san’atga bag‘ishlangan hayot yo‘lini namoyon etuvchi badiiy jarayon, balki ustoz va shogird o‘rtasidagi badiiy rishtalarning nechog‘li mustahkam, chuqur va samimiy asosga ega ekanini ko‘rsatib beruvchi yuksak san’at sabog‘i bo‘ldi.

❗️Ushbu ko‘rgazma yosh rassomlar va ijodkorlarni san’at olamiga oshno qilish, ularning estetik didini shakllantirish, ma’naviy barkamollikka yetaklash va milliy badiiy tafakkurni boyitishga xizmat qilishi bilan dolzarb va ahamiyatlidir.❗️