Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

“Tasvirlarda do‘stlik aksi” – Dushanbeda Asliddin Kalonovning shaxsiy ko‘rgazmasi ochildi

📆 2025-yil 6-oktabr kuni Tojikiston Respublikasining poytaxti Dushanbe shahrida joylashgan Tojikiston Davlat tasviriy san’at va dizayn instituti galereyasida o‘zbekistonlik taniqli grafik rassom, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti professori Asliddin Kalonovning “Tasvirlarda do‘stlik aksi” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi tantanali tarzda ochildi.

🎨 Ko‘rgazma doirasida rassomning 60 dan ortiq grafik asarlari namoyish etildi. Ekspozitsiyadagi har bir asar san’atkorning o‘ziga xos tasviriy ifoda vositalari, uslubiy izlanishlari va milliy ruhni badiiy tilda ifodalashga bo‘lgan yondashuvini aks ettiradi.

🎉 Tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasining Tojikiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Fayzulla Inoyatov, Tojikiston Rassomlar uyushmasi raisi Nargiz Hamidova, shuningdek, Tojikiston Davlat tasviriy san’at va dizayn instituti rektori Sirjidin Juraxonzoda, so‘zga chiqib, Asliddin Kalonovni samimiy tabrikladilar.

📝 Tadbirda, shuningdek, O‘zbekistonlik taniqli rassom Erkin Juraev, ilmiy ziyolilar, adiblar, talabalar hamda san’at ixlosmandlari keng ishtirok etdilar. Ular rassomni shaxsiy ko‘rgazmasining ochilishi bilan muborakbod etib, uning ijodiy mehnatiga yuksak baho berdilar.

✔️ Mazkur ko'rgazama O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi madaniy va ijodiy hamkorlikni chuqurlashtirish, grafik san’atning zamonaviy yutuqlarini xalqaro miqyosda targ‘ib qilish yo‘nalishlarda muhim ahamiyat kasb etadi!

🏅 Shuningdek, ko‘rgazma doirasida Asliddin Kalonov Tojikiston Rassomlar uyushmasi a’zoligiga qabul qilindi va unga rasmiy guvohnoma tantanali ravishda topshirildi. Bu voqea ikki davlat san’at sohasidagi o‘zaro hurmat, do‘stlik va madaniy hamjihatlik ramzi sifatida alohida e’tirof etildi.

📈 “Tasvirlarda do‘stlik aksi” — bu nafaqat shaxsiy ijodiy namoyish, balki xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik, o‘zaro tushunish va madaniy muloqotni yuksaltirish yo‘lidagi amaliy qadamlardan biridir.