close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Badiiy akademiya tasarrufidagi Samarqand ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligiga bag‘ishlangan “Vatanni seving Boburdek” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Boburning hayot yo‘li, vatanga bo‘lgan sog‘inchi, uning davlat arbobi va iste’dodli shoir sifatidagi faoliyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

O‘quvchilar tomonidan Bobur g‘azallari va ruboiylaridan namunalar ifodali o‘qildi. Shuningdek, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Tadbir davomida Bobur hayotiga bag‘ishlangan slaydlar va rasmlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Mazkur tadbir orqali o‘quvchilar Zahiriddin Boburning boy ma’naviy merosi bilan yaqindan tanishdilar. O‘quvchilar qalbida milliy qadriyatlarga bo‘lgan hurmat yanada mustahkamlandi.