close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Bugun shu munosabat bilan poytaxtimiz — Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida Respublika ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati hamda qator tashkilotlar hamkorligida qo‘shma xayriya ijodiy ko‘rgazma tashkil qilindi.

Tadbir RISMIning rassomlik bo‘limi ustozlari — Mohira Raxmatjonova va Azizaxon Shoymurodova tashabbusi bilan o‘tkazildi.

Ko‘rgazmadan ko‘zda tutilgan maqsad — onkologik kasallikka chalingan bolalarni ijtimoiy hayotga faol jalb etish, ular uchun teng imkoniyatlar yaratish va jamiyatda bag‘rikenglik hamda insonparvarlik tamoyillarini mustahkamlashdan iborat.

Ko‘rgazma doirasida bolalarning ijodiy ishlari namoyish etildi hamda xayriya savdosidan tushgan mablag‘lar ularning ta’limi va ijodiy rivoji uchun yo‘naltirildi.

Shuningdek, bolajonlar uchun sho‘h kuy-qo‘shiqlar yangradi, diplom va sovg‘alar ulashildi.