close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Respublikamizning barcha ta’lim muassasalarida bo‘lgani singari, Navoiy ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatida ham yangi 2026/2027-o‘quv yiliga bag‘ishlangan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

Tadbir “Yagona vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida tashkil etildi. Tadbir davomida Vatanga muhabbat, ona yurtga sadoqat, ta’lim va ijodning inson hayotidagi o‘rni haqida so‘z yuritilib, kuy-qo‘shiq va Vatanni madh etuvchi she’rlar bilan tarannum etildi.

Maktab-internatining bilimga chanqoq o‘quvchilari, ayniqsa, ilk bor maktab ostonasiga qadam qo‘ygan 1-sinf o‘quvchilariga ezgu tilaklar bildirilib, Prezident sovg‘alari topshirildi.

 Jaranglagan “Birinchi qo‘ng‘iroq” yangi bilimlar, yangi orzular va yangi ijodiy marralar sari chorlov bo‘ldi!

Tadbir davomida barcha o‘quvchi yoshlar hamda ota-onalar Mustaqillik darslariga taklif etildi.