Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

DIQQAT, E'LON!📣

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi  Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-dekabrdagi 786-son qaroriga asosan Badiiy akademiya huzuridagi Rassomlik mahorat ustaxonasi (Oliy rassmlik kursi) ga 2026-yil uchun stajyor-tadqiqotchilikka QABUL e'lon qiladi!.

Stajyor-tadqiqotchilikka 17.00.04-Tasviriy va amaliy bezak san’ati (Dastgohli rangtasvir, mahobatli rangtasvir, dastgoh va kitob grafikasi, xattotlik va miniatyura) ixtisosligi bо‘yicha qabul qilinadi.

🔹Ajratilgan kvotalar soni 10 ta

🔹Talab etiladigan hujjatlar:

1. Ariza
2. Ma’lumotnoma (obyektivka)
3. Mehnat daftarchasi belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi
4. Oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi nusxasi
5. Talabgor tomonidan yaratilgan kamida 10 ta ijodiy ishlar rо‘yxati va jpg shaklidagi fotosi (mavjud bо‘lsa katalog va albomlar)
6. Shaxsiy yoki hammualiflikda о‘tkazilgan kо‘rgazma haqida ma’lumotnoma (agar kо‘rgazma qilgan yoki ishtirok etgan bо‘lsa)
7. О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar
8. Ish joyidan tavsifnoma
9. Pasport nusxasi

🔹Barcha hujjatlar pdf shaklda tayyorlanib, joriy yilning 5-noyabriga qadar https://daraja.ilmiy.uz/ oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimi orqali rо‘yxatdan о‘tgan holda qabul qilinadi. 

🔹Stajyor-tadqiqotchilikka talabgorlar mutaxassislik bо‘yicha suhbat natijalariga kо‘ra qabul qilinadilar.

✅Suhbat о‘tkazish tartibi va vaqti haqida qо‘shimcha xabar qilinadi.

☎️Murojaat uchun tel: 71. 232-17-65