Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
2025-yil 22-aprel kuni soat 15:00 da O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasida Xalqaro an’anaviy tasviriy va amaliy san’at festivali doirasida “Turk dunyosining ayol rassomlari” nomli xalqaro ko‘rgazmaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.
● TURKSOY – Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan ushbu ko‘rgazma turkiy xalqlar madaniy aloqalarining yorqin namunasi bo‘lib, unda TURKSOYga a’zo davlatlar — Ozarbayjon, Turkiya, Turkmaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistondan 21 nafar iste’dodli ayol rassomlarining asarlari namoyish etiladi.
● Ko‘rgazma turkiy ayol san’atkorlarining betakror ijodiy dunyosini ochib berar ekan, ularni bog‘lab turuvchi mushtarak ildizlar va madaniy qadriyatlarni san’at orqali teran his etishga chorlaydi.