Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
Joriy yilning oktyabr oyida O‘zbekiston poytaxti yana xalqaro madaniy muloqot markaziga aylanadi – Toshkentda 5- Xalqaro amaliy san’at biyennalesi bo‘lib o‘tadi.
“An’analar va global dunyo” mavzusidagi V Toshkent Xalqaro amaliy san’at Biyennalesida Ishtirok etish shartlari:
O‘tkazilish vaqti: Oktyabr (20-24 oktyabr) 2025 y.
Ishtirok uchun taklif qilinadi:
• An’anaviy amaliy san’atda (to‘qimachilik: kashta, kigiz, zardo‘zlik, gilamdo‘zlik, an’anaviy libos, naboyka, kulolchilik, yog‘och o‘ymakorligi, metall san’ati va boshqalar) faoliyat yurituvchi professional ustalar va rassomlar;
• Zamonaviy amaliy san’atda (shishaga badiiy ishlov berish, noan’anaviy kulolchilik, gobelen, batik va boshqalar) hamda sanoat dizayn sohasida ishlaydigan professional ustalar, rassomlar, dizaynerlar;
• Yagona mavzu yoki aniq konsepsiyaga doir bir muallifga yoki bir necha muallifdan iborat jamoa loyihalari vaqtinchalik yoki doimiy ko‘rgazma loyihasini tashkil etishi mumkin;
•Shuningdek, amaliy san’at sohasiga maxsus yo‘naltirilgan muzeylar, galereyalar, kuratorlar taklif qilinadilar.
Asarlarni qabul qilish talablari:
• Ishlar yuqori professional darajada bajarilgan bo‘lishi kerak;
• Biyennalega oxirgi 2 yil ichida yaratilgan, erkin mavzu asosidagi mualliflik ishlari qabul qilinadi;
• Ishlar soni, o‘lchami, mavzusi va texnikasi bo‘yicha cheklovlar yo‘q;
• Har bir asar ko‘rgazmaga tayyor holda bo‘lishi shart: asarning orqa tomonida etiketaj bo‘lishi kerak. Unda quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi – davlat, muallifning F.I.Sh., texnikasi, yaratilgan yili, o‘lchami (osish va namoyish etish uchun moslama bo‘lishi lozim);
• Eksponatlar albatta quyidagilar bilan birga taqdim etilishi shart: ariza-anketa va asarlar ro‘yxati;
• Taqdim etiladigan barcha asarlar - o‘zbek, ingliz yoki rus tillarida yozib imzolangan bo‘lishi kerak;
•Arizalar quyidagi elektron pochta manzillariga yuboriladi:
decorart.uz2025@gmail.com; biennale.uzbekistan@gmail.com
*BIYENNALЕ TASHKILIY QO‘MITASI ISHTIROKCHILARNI TANLASH HUQUQINI O‘ZIDA SAQLAB QOLADI.
Biyennaleda ishtirok etish uchun arizalarni qabul qilish muddati: 2025 yil 1 avgustga qadar
Qo‘shimcha ma’lumotlar:
● Direksiya va Biyennale kuratori asarlarni saralash huquqini o‘zlarida saqlab qoladilar;
● Biyennaleda ishtirok etish uchun to‘lov talab etilmaydi;
● Biyennaleda ishtirok etish orqali muallif o‘z asarlarining Biyennaleni ommalashtirish maqsadida foto va video tasvirga olinishiga rozilik beradi;
● Tashkilotchilar tadbir ishtirokchilari uchun aviachiptalar xarajatlarini qoplamaydilar;
● Tashkilotchilar tashkiliy qo‘mita tomonidan taklif etilgan xorijiy ishtirokchilar uchun tadbir o‘tkazilish davridagi yashash, ovqatlanish va shahar ichidagi (barcha ishtirokchilar uchun umumiy) avtobus qatnovlari xarajatlarini qoplaydilar;
● Pochta orqali jo‘natilgan, to‘lov talab qilinadigan yoki yuk/kargo sifatida yuborilgan asarlar qabul qilinmaydi.
Biyennale kuratori: Giyasova Feruza
V Toshkent Xalqaro Amaliy San’at Biyennalesi tashkiliy qo‘mitasi:
Manzil: 1000029, Toshkent sh., Sh. Rashidov ko‘chasi, 40-uy
Telefon: +(99871) 256-51-46
Elektron pochta: decorart.uz2025@gmail.com; biennale.uzbekistan@gmail.com
Veb-sayt: www.art-academy.uz, www.dhv-art.uz