Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
10-oktyabr kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur Buxoro ixtisoslashtirilgan san‘at maktab-internatida Badiiy akademiya ko‘krak nishonini tantanali topshirish marosimida ishtirok etdi.
Tadbirda direktor lavozimida ishlab kelgan Barakayev Ixtiyor Qahramonovich "O‘zbekiston Badiiy akademiyasi fidoyisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi I.Barakayevni taqdirlar ekan, maktabga rahbarligi davomida yosh avlodga taʼlim-tarbiya berish, maktab moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, badiiy taʼlim sifatini oshirish, ko‘plab yosh isteʼdod egalarini tarbiyalash borasida fidokorona mehnat qilgani va Buxoro ISMIning badiiy ta'limda erishgan yutuqlarida katta hissasi borligi uchun Badiiy akademiya ko‘krak nishoniga munosib topilganini alohida eʼtirof etdi.
Tadbirda maktab-internati jamoasi ishtirok etib, o‘zlarining samimiy fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Tadbirda tashkiliy masala ko‘rilib, Buxoro ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internati direktori o‘rinbosari Axmedova Madina Valijonovnaga ishonch bildirilib, direktor lavozimiga tayinlandi.