Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

IJODKOR YOSHLAR RESPUBLIKA TANLOVINING
AMALIY SAN’AT YО‘NALISHI DASTURI VA BAHOLASH MEZONI

Tanlov ixtisosliklari (nominatsiyalari):

qayta tiklash rassomi (amaliy san’at asarlarini qayta tiklash);

haykaltaroshlik (mayda plastika, dekorativ bezakli haykal, dastgohli, mahobatli);

chinni va kulolchilik mahsulotlari usta-rassomi (chinni usta-rassomi, kulol usta-rassomi);

shisha buyumlar usta-rassomi;

ganch bо‘yicha usta-rassom;

naqqoshlik bо‘yicha usta-rassom;

yog‘och о‘ymakorlik bо‘yicha usta-rassom;

badiiy gilam va gobelenlarni ishlab chiqarish usta-rassomi;

kashtachilik bо‘yicha usta;

zardо‘zlik bо‘yicha usta-rassom;

zargarlik buyumlari usta-rassomi;

misgarlik bо‘yicha usta-rassom.

Kirish

Amaliy san’at yо‘nalishi bо‘yicha tuzilgan mazkur tanlov dasturi Qayta tiklash rassomi (amaliy san’at asarlarini qayta tiklash), Haykaltaroshlik (mayda plastika, dekorativ bezakli haykal, dastgohli, mahobatli), Chinni va kulolchilik mahsulotlari usta-rassomi (chinni usta-rassomi, kulol usta-rassomi), Shisha buyumlar usta-rassomi, Ganch bо‘yicha usta-rassom, Naqqoshlik bо‘yicha usta-rassom, Yog‘och о‘ymakorlik bо‘yicha usta-rassom, Zardо‘zlik bо‘yicha usta-rassom, Zargarlik buyumlari usta-rassomi, Misgarlik bо‘yicha usta-rassom ixtisosliklari (nominatsiyalar) bо‘yicha о‘quvchi yoshlarning iste’dodi va ijodiy qobiliyatini aniqlash hamda baholashga qaratilgan.

Tanlov dasturi О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining “Ijodkor yoshlar respublika tanlovlarini о‘tkazish tartibi tо‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil
26-mayda 2887-raqam bilan rо‘yxatdan о‘tkazilgan
) muvofiq
tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn sohasi malaka talablari asosida ishlab chiqilgan.

1. Tanlov ishtirokchisi bilimiga qо‘yiladigan talablar

Tanlov ishtirokchisi “Kompozitsiya” fani bо‘yicha bitta topshiriq bajaradi hamda berilgan bо‘yicha topshiriqni turli geometrik (doira, tо‘rtburchak, uchburchak, tо‘g‘ri tо‘rtburchak, oltiburchak) shakllardan tuzilgan naqshni qog‘ozga tо‘g‘ri joylashtirish, asarning kompozitsion g‘oyaviy mazmuni, badiiy va g‘oyaviy ifodada ranglardan tо‘g‘ri foydalanish, geometrik shakllardan tuzilgan naqshni tо‘g‘ri topilganligi, amaliy san’at mutaxassisligiga mosligi, kompozitsiya markazining tо‘g‘ri topilganligi, mavzuning mazmuni, ma’nosi hamda ranglar uyg‘unligi, ishlanish mahorati va uning tugallanish darajasi mahorat bilan yechilganligi va tugatilish darajasi talab etiladi.  

Tanlov ishtirokchisi topshiriqni ashyoda ishlashni erkin tanlaydi yoki hajmi 40x60 bо‘lgan planshetga bajaradi. Topshiriqlarni bajarish uchun kerakli barcha ashyolar ishtirokchilar tomonidan olib kelinadi. Tanlov jarayonida ishtirokchilar tomonidan bajarilgan ishlar qaytarib berilmaydi.

Tanlov dasturida keltirilgan topshiriqlarning murakkab darajasi hamda unga qо‘yilgan talablar oliy ta’lim muassasalariga qabul qilinadigan abituriyentlar bilimlari darajasiga muvofiqlashtirilgan.

Tanlov ishtirokchilarining ijodiy ishlari 100 ballik tizim bо‘yicha baholanadi.

2. Tanlov ishtirokchilari tomonidan bajarilgan ijodiy ishlarning baholash mezonlari

2.1. Qayta tiklash rassomi (amaliy san’at asarlarini qayta tiklash), Chinni va kulolchilik mahsulotlari usta-rassomi (chinni usta-rassomi, kulol usta-rassomi), Shisha buyumlar usta-rassomi, Ganch bо‘yicha usta-rassom, Naqqoshlik bо‘yicha usta-rassom, Yog‘och о‘ymakorlik bо‘yicha usta-rassom, Zardо‘zlik bо‘yicha usta-rassom, Badiiy gilam va gobelenlarni ishlab chiqarish usta-rassomi, Kashtachilik bо‘yicha usta, Zargarlik buyumlari usta-rassomi, Misgarlik bо‘yicha usta-rassom ixtisosliklari (nominatsiyalar)

T/r

Baholash obyekti

Maksimal  ball

1.

Tuzilgan kompozitsiyani qog‘ozga tо‘g‘ri joylashtirish

5 ballgacha

2.

Kompozitsiya g‘oyasi, mazmuni va mohiyati

10 ballgacha

3.

Kompozitsiyaning ixtisoslik (nominatsiyaga) mosligi

10 ballgacha

4.

Kompozitsiyaning qonuniyatlaridan foydalanish

5 ballgacha

5.

Asarning kompozitsion yechimi

10 ballgacha

6.

Kompozitsiyada bezaklardan  tо‘g‘ri foydalanganligi  

5 ballgacha

7.

Badiiy va g‘oyaviy ifodasi

5 ballgacha

  1. 8.

Ranglar uyg‘unligi va ulardan tо‘g‘ri foydalanish 

10 ballgacha

  1. 9.

Kompozitsiyani tо‘g‘ri topilganligi

10 ballgacha

  1. 10.

Ranglardan foydalanish mahorati

5 ballgacha

  1. 11.

Kompozitsiyani murakkablik darajasi

5 ballgacha

  1. 12.

Kompozitsiyani ishlanish mahorati

5 ballgacha

  1. 13.

Kompozitsiyadagi elementlarning bir-biriga mutanosibligi

5 ballgacha

  1. 14.

Kompozitsiyani pardozlash

5 ballgacha

  1. 15.

Kompozitsiyani tugallanish darajasi

5 ballgacha

Jami:

100 ball

Mazkur ixtisosliklar (nominatsiyalar) bо‘yicha vazifa sifatida tushishi mumkin bо‘lgan mavzular rо‘yxati:

1. Doira shakli ichida geometrik shakllar (girix) ishtirokida naqsh kompozitsiyasi

2. Doira shakli ichida simmetriyali naqsh kompozitsiyasi

3. Doira shakli ichida assimetriyali naqsh kompozitsiyasi

4. Tо‘rtburchak shakli ichida islimiy naqsh kompozitsiyasi

5. Tо‘rtburchak shakli ichida geometrik shakllar (girix) ishtirokida naqsh kompozitsiyasi

6. Tо‘rtburchak shakli ichida simmetriyali naqsh kompozitsiyasi

7. Tо‘rtburchak shakli ichida assimmetriyali naqsh kompozitsiyasi

8. Tо‘g‘ri tо‘rtburchak shakli ichida islimiy naqsh kompozitsiyasi

9. Tо‘g‘ri tо‘rtburchak shakli ichida geometrik shakllar (girix) ishtirokida naqsh kompozitsiyasi

10. Tо‘g‘ri tо‘rtburchak shakli ichida simmetriyali naqsh kompozitsiyasi

11. Tо‘g‘ri tо‘rtburchak shakli ichida assimetriyali naqsh kompozitsiyasi

12. Uchburchak shakli ichida islimiy naqsh kompozitsiyasi

13. Uchburchak shakli ichida geometrik shakllar (girix) ishtirokida naqsh kompozitsiyasi

14. Uchburchak shakli ichida simmetriyali naqsh kompozitsiyasi

15. Uchburchak shakli ichida assimetriyali naqsh kompozitsiyasi

16. Islimiy naqsh kompozitsiyasi

17. Simmetrik naqsh kompozitsiya

18. Assimetrik naqsh kompozitsiya

19. Kontrast ranglar ishtirokida naqsh kompozitsiya

20. Geometrik shakllar (girix) ishtirokida naqsh kompozitsiya

21. Sodda naqsh elementlari ishtirokida kompozitsiya

22. Murakkab naqsh elementlari ishtirokida kompozitsiya

23. Mehrob islimiy ishtirokida naqsh kompozitsiya

24. Novda va gullar ishtirokida naqsh kompozitsiya

25. Qо‘sh bandli islimiy naqsh kompozitsiyasi

26. Namoyon naqsh kompozitsiyasi

27. Olti burchak ichida islimiy naqsh kompozitsiyasi

28. Olti burchak ichida geometrik shakllar (girix) ishtirokida naqsh kompozitsiyasi

29. Olti burchak ichida simmetriyali naqsh kompozitsiyasi

30. Olti burchak ichida assimetriyali naqsh kompozitsiyasi

2.2. Haykaltaroshlik (mayda plastika, dekorativ bezakli haykal, dastgohli, mahobatli)

T/r

Baholash obyekti

Maksimal ball

1.

Kompozitsiya mavzu jihatidan original topilganligi

5 ballgacha

2.

Kompozitsiya joylashuvi

5 ballgacha

3.

Kompozitsiyada proporsiyalarni tо‘g‘ri topilishi

5 ballgacha

4.

Rakurs holatining  topilish darajasi

5 ballgacha

5.

Xarakterni aniqlash mahorati

5 ballgacha

6.

Kompozitsiyada plastik yechimi

5 ballgacha

7.

Kompozitsiya g‘oyasi, mazmuni, mohiyati mutaxassislikka xosligi

5 ballgacha

8.

Asarning kompozitsion g‘oyaviy mazmuni

5 ballgacha

9.

Badiiy va g‘oyaviy ifodali formada tо‘g‘ri topilganligi

5 ballgacha

10.

Asar qahramonining obrazini plastik yechim orqali topish darajasi

5 ballgacha

11.

Kompozitsiyaning ixtisoslik (nominatsiyaga) mosligi

10 ballgacha

12.

Kompozitsiya aylana kо‘rinishini tо‘g‘ri topilganligi

10 ballgacha

13.

Kompozitsiyada holatining topilish darajasi

5 ballgacha

14.

Mavzuning mazmuni, ma’nosi, hamda qomatlarning uyg‘unligi

5 ballgacha

15.

Lepkadagi shaklning  topilish darajasi

5 ballgacha

16.

Material sezish qobiliyati

5 ballgacha

17.

Ishlanish mahorati va uning tugallanish darajasi

10 ballgacha

Jami:

100 ball

Mazkur ixtisosliklar (nominatsiyalar) bо‘yicha vazifa sifatida tushishi mumkin bо‘lgan mavzular rо‘yxati:

  1.  

Kurash

  1.  

Sport

  1.  

Uloq

  1.  

Dorboz

  1.  

Murabbiy siymosi

  1.  

Nonvoy siymosi

  1.  

О‘qituvchi siymosi

  1.  

Milliy о‘yinlar

  1.  

Navrо‘z bayrami

  1.  

Alisher Navoiy asarlari

  1.  

О‘zbegim ayoli

  1.  

Onalik

  1.  

Bolalik

  1.  

Milliy urf odatlar

  1.  

Sport

  1.  

Sirk

  1.  

Teatr

  1.  

Masqaraboz

  1.  

Ustoz va shogird

  1.  

Sevgi

  1.  

Sog‘inch

  1.  

Oila

  1.  

Raqs

  1.  

Musiqa

  1.  

Quruvchi

  1.  

Kulol

  1.  

Rassom

  1.  

Animalistik haykal bolalar bog‘chasi uchun

  1.  

Animalistik haykal xiyobonlar uchun

3. Amaliy san’at yо‘nalishidagi ixtisosliklar (nominatsiyalar) bо‘yicha tanlovni о‘tkazish tartibi

Tanlov о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlarining amaliy san’at yо‘nalishidagi о‘quvchilar о‘rtasida har ikki yilda bir marta о‘tkaziladi.

Ta’lim muassasasi rahbariyati tanlovning respublika bosqichida ishtirok etishi uchun nomzodlarning barcha hujjatlarini Ijodkor yoshlar respublika tanlovlarini о‘tkazish tartibi tо‘g‘risidagi Nizom”da (О‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 26-mayda rо‘yxatdan о‘tkazilgan, rо‘yxat raqami 2887) belgilangan tartibda Badiiy akademiyaga taqdim qiladi.

Tanlov maxsus jihozlangan xonalarda о‘tkaziladi. Tanlov ishtirokchisi jadval asosida belgilangan kunda ikki juftlik (160 daqiqa) vaqt davomida “Kompozitsiya” fanidan berilgan mavzu bо‘yicha topshiriqni bajaradi.

4. Ijodkor yoshlar respublika tanlovi bо‘yicha apellyatsiya tartibi

Norozilik (apellyatsiya) arizalari tanlov natijalari e’lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat ichida qabul qilinadi va apellyatsiya komissiyasi tomonidan belgilangan muddatda kо‘rib chiqiladi.

Mazkur dastur Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti tomonidan ishlab chiqilgan hamda О‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan.

IJODKOR YOSHLAR RESPUBLIKA TANLOVINING
DIZAYN YО‘NALISHI DASTURI VA BAHOLASH MEZONI

Tanlov ixtisosliklari (nominatsiyalari):

dizayner (sanoat dizayni, loyihalovchi dizayner);

reklama bо‘yicha mutaxassis;

interyer va mebellar dizayneri (interyer dizayneri, mebellar dizayneri);

landshaftlar dizayneri;

me’moriy-dekorativ san’ati loyihalovchi dizayner (interyerni loyihalovchi, eksteryerni loyihalovchi);

milliy etnografik va badiiy liboslar dizayneri (milliy liboslar, etnografik folklor liboslar, zamonaviy liboslar);

milliy va badiiy liboslar modelyeri (milliy liboslar modelyeri, zamonaviy liboslar modelyeri);

fotograf (fotografiya ishlari bо‘yicha mutaxassis, badiiy fotografiya bо‘yicha mutaxassis, kompyuter grafikasi bо‘yicha mutaxassis).

Kirish

Dizayn yо‘nalishi bо‘yicha tuzilgan mazkur tanlov dasturi Dizayner (sanoat dizayni, loyihalovchi dizayner), Reklama bо‘yicha mutaxassis, Interyer va mebellar dizayneri (interyer dizayneri, mebellar dizayneri), Landshaftlar dizayneri, Me’moriy-dekorativ san’ati loyihalovchi dizayner (interyerni loyihalovchi, eksteryerni loyihalovchi), Milliy etnografik va badiiy liboslar dizayneri (milliy liboslar, etnografik folklor liboslar, zamonaviy liboslar), Milliy va badiiy liboslar modelyeri (milliy liboslar modelyeri, zamonaviy liboslar modelyeri), Fotograf (fotografiya ishlari bо‘yicha mutaxassis, badiiy fotografiya bо‘yicha mutaxassis, kompyuter grafikasi bо‘yicha mutaxassis ixtisosliklari (nominatsiyalar) bо‘yicha о‘quvchi yoshlarning iste’dodi va ijodiy qobiliyatini aniqlash hamda baholashga qaratilgan.

 Tanlov dasturi О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, О‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, kasb-hunar ta’limi markazining “Ijodkor yoshlar respublika tanlovlarini о‘tkazish tartibi tо‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil
26-mayda 2887-raqam bilan rо‘yxatdan о‘tkazilgan
) muvofiq
tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn sohasi malaka talablari asosida ishlab chiqilgan.

1. Tanlov ishtirokchisi bilimiga qо‘yiladigan talablar

Tanlov ishtirokchisi “Kompozitsiya” fani bо‘yicha bitta topshiriq bajaradi hamda berilgan mavzu bо‘yicha topshiriqni akvarel, guash, tempera, akrillardan birida ishlashni erkin tanlaydi. Kompozitsiya g‘oyasi, turli geometrik (doira, tо‘rtburchak, uchburchak, tо‘g‘ri tо‘rtburchak, oltiburchak) shakllardan tuzilgan naqshni qog‘ozga tо‘g‘ri joylashtirish, asarning kompozitsion g‘oyaviy mazmuni, badiiy va g‘oyaviy ifodada ranglardan tо‘g‘ri foydalanish, asar qahramonining obrazini plastik yechim orqali topish, tasvirning dizayn sohasiga mosligi, kompozitsiyadagi mutanosiblikni tо‘g‘ri topilganligi, mavzuning mazmuni, ma’nosi, hamda ranglar uyg‘unligi, ishlanish mahorati  va uning tugallanish darajasi talab etiladi.

Tanlov ishtirokchisi topshiriqni ashyoda ishlashni erkin tanlaydi yoki hajmi 40x60 bо‘lgan planshetga bajaradi. Topshiriqlarni bajarish uchun kerakli barcha ashyolar ishtirokchilar tomonidan olib kelinadi. Tanlov jarayonida ishtirokchilar tomonidan bajarilgan ishlar qaytarib berilmaydi.

Tanlov dasturida keltirilgan topshiriqlarning murakkab darajasi hamda unga qо‘yilgan talablar oliy ta’lim muassasalariga qabul qilinadigan abituriyentlar bilimlari darajasiga muvofiqlashtirilgan.

Tanlov ishtirokchilarining ijodiy ishlari 100 ballik tizim bо‘yicha baholanadi.

2. Tanlov ishtirokchilari tomonidan bajarilgan ijodiy ishlarning baholash mezonlari

2.1. Dizayner (sanoat dizayni, loyihalovchi dizayner)

T/r

Baholash obyekti

Maksimal ball

1.

Kompozitsiya mavzu jihatidan original topilganligi

10 ballgacha

2.

Kompozitsiyaning g‘oyasi, mazmuni, mohiyati,  mutaxassislikka xosligi

10 ballgacha

3.

Bajarilgan ishning badiiy obrazi shakllantirilganligi

10 ballgacha

4.

Bajarilgan ishda kompozitsion qonun qoidalarga amal qilinganligi

10 ballgacha

5.

Tasvirning ixtisoslik (nominatsiyaga) mosligi

10 ballgacha

6.

Kompozitsiyani perspektivada tо‘g‘ri topilganligi

10 ballgacha

7.

Badiiy va g‘oyaviy ifodada rang yechimlarining tо‘g‘ri topilganligi

10 ballgacha

8.

Kompozitsiya markazining tо‘g‘ri topilganligi

10 ballgacha

9.

Kompozitsiyani tasvirlash mahorati  (grafikasi)

10 ballgacha

10.

Ishlanish mahorati va uning tugallanish darajasi

10 ballgacha

Jami:

100 ball

Mazkur ixtisosliklar (nominatsiyalar) bо‘yicha vazifa sifatida tushishi mumkin bо‘lgan mavzular rо‘yxati:

  1. Ish stoli uchun organayzer loyihasi
  2. Bolalar ish stoli uchun organayzer loyihasi
  3. Kitob javoni loyihasi
  4. Bolalar xonasi uchun kitob javoni loyihasi
  5. Ish joyi uchun yozuv stoli va stul loyihasi
  6. Bolalar xonasi uchun yozuv stoli loyihasi
  7. Arxitektor-dizaynerlar uchun ish stoli loyihasi
  8. Dahliz uchun mebel loyihasi
  9. Bolalar xonasi uchun soat loyihasi
  10. Oyoq kiyimi uchun mebel loyihasi
  11. Tryumo mebeli loyihasi
  12. Ish stoli uchun yoritgich loyihasi
  13. Bra (devoriy yoritgich) loyihasi
  14. Lyustra loyihasi
  15. Landshaft uchun yoritgich loyihasi
  16. Dazmol loyihasi
  17. Changyutgich loyihasi
  18. Elektr choynak loyihasi (tefal)
  19. Zamonaviy choynak loyihasi
  20. Shezlong loyihasi
  21. Devoriy javon (polka) loyihasi
  22. Dam olish zonasi uchun skameyka loyihasi
  23. Tikuv mashinasi loyihasi
  24. Kompyuter stoli loyihasi
  25. Televizor tumbasi loyihasi
  26. Torsher loyihasi
  27. Soat loyihasi
  28. Ofis uchun kreslo loyihasi
  29. Audio kolonka loyihasi
  30. Pardoz-andoz stoli uchun organayzer loyihasi

2.2. Reklama bо‘yicha mutaxassis

T/r

Baholash obyekti

Maksimal ball

1.

Berilgan mavzu kompozitsiyasini qog‘oz tekisligiga tо‘g‘ri joylashtirish

5 ballgacha

2.

Kompozitsiya mavzu jihatidan original topilganligi

10 ballgacha

3.

Kompozitsiya g‘oyasi, mazmuni, mohiyati mutaxassislikka xosligi

10 ballgacha

4.

Asarning kompozitsion g‘oyaviy mazmuni

10 ballgacha

5.

Badiiy va g‘oyaviy ifodada ranglardan tо‘g‘ri foydalanish

10 ballgacha

6.

Kompozitsiyani perspektivada tо‘g‘ri topilganligi

10 ballgacha

7.

Tasvirning ixtisoslikga (nominatsiyaga) mosligi

15 ballgacha

8.

Kompozitsiya markazining tо‘g‘ri topilganligi

10 ballgacha

9.

Mavzuning mazmuni, ma’nosi hamda ranglar uyg‘unligi 

10 ballgacha

10

Ishlanish mahorati va uning tugallanish darajasi

10 ballgacha

Jami:

100 ball

Mazkur ixtisosliklar (nominatsiyalar) bо‘yicha vazifa sifatida tushishi mumkin bо‘lgan mavzular rо‘yxati:

1. Salqin ichimliklardan reklama kompozitsiyasi

2. Shirinliklardan reklama kompozitsiyasi

3. Sport mavzusida reklama kompozitsiyasi

4. Ekologiya mavzusida plakat kompozitsiyasi

5. Tikuvchilik sexi reklamasi kompozitsiyasi

6. Dori – darmon mahsulotlariga reklama kompozitsiyasi

7. Sut mahsulotlariga reklama kompozitsiyasi

8. Turizm reklamasi

9. Kino va teatr afishalari reklamasi

10. Transport reklamasi kompozitsiyasi

11. Yumshoq o‘yinchoqlar reklamasi kompozitsiyasi

12. Stomatologiya reklamasi kompozitsiyasi

13. Milliy taomlar reklamasi kompozitsiyasi

14. Kiyim – kechak ishlab chiqarish korxonasiga logotip va reklamasi

15. Sport anjomlari dо‘konining reklamasi

16. Avtosalon uchun logotip va reklamasi

17. Non mahsulotlari dо‘koni reklamasi

18. Oziq – ovqat dо‘konlari reklamasi

19. Хо‘jalik mollari dо‘koni reklamasi

20. Kiyim kechak dо‘konlari kompozitsiyasi

21. Maxsus kiyim dо‘konlari reklamasi

22. Qurilish mollari  dо‘koni reklamasi

23. Mebel dо‘koni reklamasi

24. Kitob dо‘koni reklamasi

25. О‘quv qurollari (kanstovar) dо‘koni reklamasi

26. Oyoq kiyimlar dо‘koni reklamasi

27. О‘yinchoqlar dо‘koni reklamasi

28. Mobil va uy telefonlari dо‘koni reklamasi

29. Parfyumeriya dо‘koni reklamasi

30. Poliz mahsulotlari dо‘koni reklamasi

2.3. Interyer va mebellar dizayneri (interyer dizayneri, mebellar dizayneri), Me’moriy-dekorativ san’ati loyihalovchi dizayner (interyerni loyihalovchi, eksteryerni loyihalovchi) ixtisosligi (nominatsiyasi)

T/r

Baholash obyekti

Maksimal ball

1.

Kompozitsiya mavzu jihatidan original topilganligi

10 ballgacha

2.

Kompozitsiyaning g‘oyasi, mazmuni, mohiyati,  mutaxassislikka xosligi

10 ballgacha

3.

Bajarilgan ishning badiiy obrazi shakllantirilganligi

10 ballgacha

4.

Bajarilgan ishda kompozitsion qonun qoidalarga amal qilinganligi

10 ballgacha

5.

Tasvirning ixtisoslikga (nominatsiyaga) mosligi

10  ballgacha

6.

Kompozitsiyani perspektivada tо‘g‘ri topilganligi

10 ballgacha

7.

Badiiy va g‘oyaviy ifodada rang yechimlarining tо‘g‘ri topilganligi

10 ballgacha

8.

Kompozitsiya markazining tо‘g‘ri topilganligi

10 ballgacha

9.

Kompozitsiyani tasvirlash mahorati  (grafikasi)

10 ballgacha

10.

Ishlanish mahorati va uning tugallanish darajasi

10 ballgacha

Jami:

100 ball

Mazkur ixtisosliklar (nominatsiyalar) bо‘yicha vazifa sifatida tushishi mumkin bо‘lgan mavzular rо‘yxati:

1. Bolalar yotoqxona interyer loyihasi

2. Ikki kishiga mо‘ljallangan bolalar yotoqxona interyer loyihasi

3. Ikki kishiga mо‘ljallangan bolalar yotoqxona interyer loyihasi (qiz bolalar uchun)

4. Ikki kishiga mо‘ljallangan bolalar yotoqxona interyer loyihasi (о‘g‘il bolalar uchun)

5. О‘g‘il bolalarga mо‘ljallangan bolalar yotoqxona interyer loyihasi

6. Qiz bolalarga mо‘ljallangan bolalar yotoqxona interyer loyihasi

7. Bolalar yotoqxona interyer loyihasi (dengizchi mavzusida)

8. Bolalar yotoqxonasi interyer loyihasi (avto poygachi mavzusida)

9. Bolalar yotoqxonasi interyer loyihasi (sportchi mavzusida)

10. Bolalar yotoqxonasi interyer loyihasi (malikalar xonasi mavzusida)

11. Bolalar yotoqxonasi interyer loyihasi (ertak qahramonlari mavzusida)

12. Bolalar yotoqxonasi interyer loyihasi (koinot mavzusida)

13. Bolalar yotoqxonasi interyer loyihasi (geografiya mavzusida)

14. Bolalar yotoqxonasi interyer loyihasi (uchuvchi mavzusida)

15. Yosh rassom xonasi interyer loyihasi

16. Yosh dizayner xonasi interyer loyihasi

17. О‘smirlar yotoqxonasi interyeri loyihasi

18. О‘smirlar yotoqxonasi interyeri loyihasi (qiz bolalar uchun)

19. О‘smirlar yotoqxonasi interyer loyihasi (о‘g‘il bolalar uchun)

20. Kattalar yotoqxonasi interyeri loyihasi (milliy ornamentlarni qо‘llagan xolda)

21. Oshxona interyeri loyihasi

22. Dahliz interyeri loyihasi

23. Dahliz interyeri loyihasi  (milliy ornamentlarni qо‘llagan holda)

24. Ish kabineti interyeri loyihasi

25. Mehmonxona interyeri loyihasi

26. Turar joy binosi hududidagi kutubxona interyeri loyihasi

27. Umumiy xona interyeri loyihasi

28. Umumiy xona interyeri loyihasi (milliy ornamentlarni qо‘llagan holda)

2.4. Landshaftlar dizayneri

T/r

Baholash obyekti

Maksimal ball

1.

Kompozitsiya mavzu jihatidan original topilganligi

10 ballgacha

2.

Kompozitsiyaning g‘oyasi, mazmuni, mohiyati,  mutaxassislikka xosligi

10 ballgacha

3.

Bajarilgan ishning badiiy obrazi shakllantirilganligi

10 ballgacha

4.

Bajarilgan ishda kompozitsion qonun qoidalarga amal qilinganligi

10 ballgacha

5.

Tasvirning ixtisoslikga (nominatsiyaga) mosligi

10 ballgacha

6.

Kompozitsiyani perspektivada tо‘g‘ri topilganligi

10 ballgacha

7.

Badiiy va g‘oyaviy ifodada rang yechimlarining tо‘g‘ri topilganligi

10 ballgacha

8.

Kompozitsiya markazining tо‘g‘ri topilganligi

10 ballgacha

9.

Kompozitsiyani tasvirlash mahorati  (grafikasi)

10 ballgacha

10.

Ishlanish mahorati va uning tugallanish darajasi

10 ballgacha

Jami:

100 ball

Mazkur ixtisosliklar (nominatsiyalar) bо‘yicha vazifa sifatida tushishi mumkin bо‘lgan mavzular rо‘yxati:

  1. Parklar uchun klumba loyihasi
  2. Favvora loyihasi
  3. Avtobus bekati loyihasi
  4. Kamin uchun dekorativ panjara loyihasi
  5. Parklarga skameyka loyihasi
  6. Parklar uchun baland yoritgich loyihasi
  7. Milliy landshaft elementlaridan kompozitsiya
  8. Zamonaviy landshaft elementlaridan kompozitsiya
  9. Landshaftda dizayn art obyekti
  10. Landshaftda musiqiy art obyekti
  11. Hovli bog‘lari hududi landshafti
  12. Chorbog‘ bog‘lari loyihasi
  13. Ta’lim muassasalarida landshaft yechimi
  14. Maktabgacha ta’lim muassasalari landshafti.
  15. Doira shakliga landshaft dizayni loyihasi
  16. To’rtburchak shakliga landshaft dizayni loyihasi
  17. Oval shakliga landshaft dizayni loyihasi
  18. Uchburchak shakliga landshaft dizayni loyihasi
  19. Bolalar maydonchasiga kirish loyihasi
  20. Bolalar maydonchasiga arg‘umchoq loyihasi

2.5. Milliy etnografik va badiiy liboslar dizayneri (milliy liboslar, etnografik folklor liboslar, zamonaviy liboslar), Milliy va badiiy liboslar modelyeri (milliy liboslar modelyeri, zamonaviy liboslar modelyeri)

T/r

Baholash obyekti

Maksimal ball

1.

Bajarilgan ishning mavzuga mosligi

5 ballgacha

2.

Kompozitsiya mavzu jihatidan original topilganligi

10 ballgacha

3.

Kompozitsiyaning g‘oyasi, mazmuni, mohiyati,  mutaxassislikka xosligi

10 ballgacha

4.

Bajarilgan ishning badiiy obrazi shakllantirilganligi

10 ballgacha

5.

Bajarilgan ishda kompozitsion qonun qoidalarga amal qilinganligi

10 ballgacha

6.

Odam gavdasining tasvirlanishida proporsiyalarga rioya qilinganligi

10 ballgacha

7.

Badiiy va g‘oyaviy ifodada rang yechimlarining tо‘g‘ri topilganligi

10 ballgacha

8.

Tasvirning ixtisoslik (nominatsiyaga) mosligi

15 ballgacha

9.

Kompozitsiyani tasvirlash mahorati  (grafikasi)

10 ball

10.

Ishlanish mahorati va uning tugallanish darajasi

10 ball

Jami:

100 ball

Mazkur ixtisosliklar (nominatsiyalar) bо‘yicha vazifa sifatida tushishi mumkin bо‘lgan mavzular rо‘yxati:

1. “Fentezi” uslubdagi 3-5 ta libosdan iborat kolleksiyani kontrast ranglardan foydalanib tasvirlang

2. “Fentezi”uslubdagi  3-5 ta libosdan iborat kolleksiyani qarindosh ranglardan foydalanib tasvirlang

3. “Pret-a-porte” yо‘nalishidagi  3-5 ta libosdan iborat kolleksiyani kontrast ranglardan foydalanib tasvirlang

4. “Pret-a-porte” yо‘nalishidagi  3-5 ta libosdan iborat kolleksiyani о‘xshash-kontrast ranglardan foydalanib tasvirlang

5. “Vintaj”uslubidagi 3-5 ta libosdan  iborat kolleksiyani axromatik ranglardan foydalanib tasvirlang

6. “Vintaj” uslubidagi  3-5 ta libosdan iborat  kolleksiyani  qarindosh ranglardan foydalanib tasvirlang

7. “Gotika” uslubidagi 3-5 ta libosdan iborat kolleksiyani sovuq ranglardan foydalanib tasvirlang

8. “Gotika” uslubidagi  3-5 ta libosdan iborat kolleksiyani axromatik ranglardan  foydalanib tasvirlang

9. “Diffuz” uslubidagi 3-5 ta bayramona libosdan iborat kolleksiyani tasvirlang

10. “Diffuz” uslubidagi 5 ta kundalik libosdan iborat kolleksiyani tasvirlang

11. “Op-art” uslubidagi 3-5 ta libosdan iborat kolleksiyani oq-qora grafikada  tasvirlang

12. “Retro” uslubidagi 3-5 ta libosdan iborat kolleksiyani oq-qora grafikada  tasvirlang

13. “Retro” uslubidagi 3-5 ta libosdan iborat kolleksiyani tasvirlang

14. 3-5 ta yozgi libosdan iborat kolleksiyani axromatik ranglardan foydalanib tasvirlang

15. 5 ta oqshom libosidan iborat kolleksiyani tasvirlang

16. 5 ta teatrlashtirilgan libosdan iborat kolleksiyani kontrast ranglardan foydalanib tasvirlang

17. 3-5 ta teatrlashtirilgan libosdan iborat kolleksiyani oq-qora grafikada  tasvirlang

18. Avangard yо‘nalishidagi 3-5 ta libosdan iborat kolleksiyani kontrast ranglardan foydalanib tasvirlang

19. Avangard yо‘nalishidagi 3-5 ta libosdan iborat kolleksiyani qarindosh ranglardan foydalanib tasvirlang

20. Assimmetrik yechimga ega bо‘lgan  3-5 ta libosdan iborat kolleksiyani sovuq ranglardan foydalanib tasvirlang

21. Assimmetrik yechimli 5 ta bayramona libosdan iborat kolleksiyani tasvirlang

22. Shifon matosi  qо‘llangan avangard yо‘nalishdagi 3-5 ta libosdan iborat kolleksiyani tasvirlang

23. Milliy naqsh elementlari qо‘llangan romantik uslubdagi 3-5 ta libosdan iborat kolleksiyani tasvirlang

24. Milliy naqsh elementlari qо‘llangan sport uslubidagi 3-5 ta libosdan iborat kolleksiyani tasvirlang

25. Romantik uslubdagi 3-5 ta libosdan iborat kolleksiyani issiq ranglardan foydalanib tasvirlang

26. Romantik uslubdagi 3-5 ta libosdan iborat kolleksiyani sovuq ranglardan foydalanib  tasvirlang

27. Sport uslubidagi 3-5 ta libosdan iborat kolleksiyani issiq ranglardan foydalanib tasvirlang

28. Sport uslubidagi assimmetrik yechimli 3-5 ta libosdan iborat kolleksiyani tasvirlang

29. Etno-uslubdagi assimmetrik yechimli 3-5 ta libosdan iborat kolleksiyani tasvirlang

30. Etno-uslubidagi 3-5 ta  libosdan iborat kolleksiyani kontrast ranglardan foydalanib tasvirlang

2.6. Fotograf (fotografiya ishlari bо‘yicha mutaxassis, badiiy fotografiya bо‘yicha mutaxassis, kompyuter grafikasi bо‘yicha mutaxassis) ixtisosligi (nominatsiyasi)

T/r

Baholash obyekti

Maksimal ball

1.

Kompyuter dasturlarida tanlangan mavzuga mos kompozitsiya ishlash 

5 ballgacha

2.

Kompozitsion xarakterini ochib berish

10 ballgacha

3.

Fotosuratni belgilangan dasturlarda ishlash

10 ballgacha

4.

Foto asarning kompozitsion g‘oyaviy mazmuni

10 ballgacha

5.

Kompozitsiya mavzu jihatidan original topilganligi

10 ballgacha

6.

Kompozitsiyani perspektivada tо‘g‘ri topilganligi

10 ballgacha

7.

Tasvirning ixtisoslik (nominatsiyaga) mosligi

15 ballgacha

8.

Kompozitsiya markazining tо‘g‘ri topilganligi

10 ballgacha

9.

Mavzuning mazmuni, ma’nosi hamda ranglar uyg‘unligi 

10 ballgacha

10.

Ishlanish mahorati va uning tugallanish darajasi

10 ballgacha

Jami:

100 ball

Mazkur ixtisosliklar (nominatsiyalar) bо‘yicha vazifa sifatida tushishi mumkin bо‘lgan mavzular rо‘yxati:

1. Salqin ichimliklardan reklama kompozitsiyasi

2. Shirinliklardan reklama kompozitsiyasi

3. Sport mavzusida reklama kompozitsiyasi

4. Ekologiya mavzusida plakat kompozitsiyasi

5. Tikuvchilik sexi reklamasi  kompozitsiyasi

6. Dori – darmon mahsulotlariga reklama kompozitsiyasi

7. Sut mahsulotlariga reklama kompozitsiyasi

8. Turizm reklamasi

9. Kino va teatr afishalari reklamasi

10. Transport reklamasi kompozitsiyasi

11. Yumshoq o‘yinchoqlar reklamasi kompozitsiyasi

12. Stomatologiya reklamasi kompozitsiyasi

13. Milliy taomlar reklamasi kompozitsiyasi

14. Kiyim – kechak ishlab chiqarish korxonasiga logotip va reklamasi

15. Sport anjomlari dо‘konining reklamasi

16. Avtosalon uchun logotip va reklamasi

17. Non mahsulotlari dо‘koni reklamasi

18. Oziq – ovqat dо‘konlari reklamasi

19. Xо‘jalik mollari dо‘koni reklamasi

20. Kiyim kechak dо‘konlari kompozitsiyasi

21. Maxsus kiyim dо‘konlari reklamasi

22. Qurilish mollari  dо‘koni reklamasi

23. Mebel dо‘koni reklamasi

24. Kitob dо‘koni reklamasi

25. О‘quv qurollari (kanstovar) dо‘koni reklamasi

26. Oyoq kiyimlar dо‘koni reklamasi

27. О‘yinchoqlar dо‘koni reklamasi

28. Mobil va uy telefonlari dо‘koni reklamasi

29. Parfyumeriya dо‘koni reklamasi

30. Poliz mahsulotlari dо‘koni reklamasi

3. Dizayn yо‘nalishidagi ixtisosliklar (nominatsiyalar) bо‘yicha tanlovni о‘tkazish tartibi

Tanlov о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlarining dizayn yо‘nalishidagi о‘quvchilar о‘rtasida har ikki yilda bir marta о‘tkaziladi.

Ta’lim muassasasi rahbariyati tanlovning respublika bosqichida ishtirok etishi uchun nomzodlarning barcha hujjatlarini Ijodkor yoshlar respublika tanlovlarini о‘tkazish tartibi tо‘g‘risidagi Nizom”da (О‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 26-mayda rо‘yxatdan о‘tkazilgan, rо‘yxat raqami 2887) belgilangan tartibda Badiiy akademiyaga taqdim qiladi.

Tanlov maxsus jihozlangan xonalarda о‘tkaziladi. Tanlov ishtirokchisi jadval asosida belgilangan kunda ikki juftlik (160 daqiqa) vaqt davomida “Kompozitsiya” fanidan berilgan mavzu bо‘yicha topshiriqni bajaradi.

4. Ijodkor yoshlar respublika tanlovi bо‘yicha apellyatsiya tartibi

Norozilik (apellyatsiya) arizalari tanlov natijalari e’lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat ichida qabul qilinadi va apellyatsiya komissiyasi tomonidan belgilangan muddatda kо‘rib chiqiladi.

Mazkur dastur Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti tomonidan ishlab chiqilgan hamda О‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan.

JODKOR YOSHLAR RESPUBLIKA TANLOVINING
TASVIRIY SAN’AT YО‘NALISHI DASTURI VA BAHOLASH MEZONI

Tanlov ixtisosliklari (nominatsiyalari):

dastgohli rangtasvir rassomi (portret janri, peyzaj janri, natyurmort janri);

mahobatli rangtasvir rassomi (interyer, eksteryer, mozaika);

qayta tiklash rassomi (rangtasvir asarlarini qayta tiklash);

teatr liboslari san’ati rassomi (tomoshabob liboslar, kino sahnalari liboslari, dunyo liboslari);

grimmchi rassom (kino va televideniye grimm rassomi, teatr grimmchisi);

teatr san’ati butafori rassomi;

teatr sahna bezagi rangtasvir rassomi;

mahobatli bezak san’ati rassomi (mahobatli bezak, kulolchilik, mayda plastika);

kino va televideniye rassomi (kino rassomi, televideniye rassomi);

grafika rassomi (dastgohlik grafika, kitob grafikasi, amaliy grafika);

lokli miniatyura rassomi (lokli miniatyura, illyustratsiya miniatyurasi, pano miniatyurasi).

Kirish

Tasviriy san’at yо‘nalishi bо‘yicha tuzilgan mazkur tanlov dasturi Dastgohli rangtasvir rassomi (portret janri, peyzaj janri, natyurmort janri), Mahobatli rangtasvir rassomi (interyer, eksteryer, mozaika), Qayta tiklash rassomi (rangtasvir asarlarini qayta tiklash), Teatr liboslari san’ati rassomi (tomoshabob liboslar, kino sahnalari liboslari, dunyo liboslari), Grimmchi rassom (kino va televideniye grimm rassomi, teatr grimmchisi), Teatr san’ati butafori rassomi, Teatr sahna bezagi rangtasvir rassomi, Mahobatli bezak san’ati rassomi (mahobatli bezak, kulolchilik, mayda plastika), Kino va televideniye rassomi (kino rassomi, televideniye rassomi), Grafika rassomi (dastgohlik grafika, kitob grafikasi, amaliy grafika), Lokli miniatyura rassomi (lokli miniatyura, illyustratsiya miniatyurasi, pano miniatyurasi) ixtisosliklari (nominatsiyalar) bо‘yicha о‘quvchi yoshlarning iste’dodi va ijodiy qobiliyatini aniqlash hamda baholashga qaratilgan.

Tanlov dasturi О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining “Ijodkor yoshlar respublika tanlovlarini о‘tkazish tartibi tо‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil
26-mayda 2887-raqam bilan rо‘yxatdan о‘tkazilgan
) muvofiq
tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn sohasi malaka talablari asosida ishlab chiqilgan.

1. Tanlov ishtirokchisi bilimiga qо‘yiladigan talablar

Tanlov ishtirokchisi “Kompozitsiya” fani bо‘yicha bitta topshiriq bajaradi hamda berilgan mavzu bо‘yicha topshiriqni akvarel, guash, tempra, akrillardan birida ishlashni erkin tanlaydi. Kompozitsiya g‘oyasi, mazmuni, mohiyati mutaxassislikka xosligi, kompozitsiya yechimini mavzu asosida topilganligi, badiiy va g‘oyaviy ifodada chizmatasvir va ranglar vositasidan foydalanish darajasi, shakl va obrazlar plastik yechimini topilganligi, kompozitsion vazifasidagi asar chuqurligining perspektiv yechimi, kompozitsiya markazining ifodali topilganligi, mavzuning mazmuni va g‘oyasini ochib berishda koloritdan foydalanilishi, kompozitsiyada mazmun, g‘oya-fikrning yoritilishi va tugallanish darajasi kabi masalalarini yoritib berish talab etiladi. 

Tanlov ishtirokchisi topshiriqni hajmi 40x60 bо‘lgan planshetga bajaradi. Topshiriqlarni bajarish uchun kerakli barcha ashyolar ishtirokchilar tomonidan olib kelinadi. Tanlov jarayonida ishtirokchilar tomonidan bajarilgan ishlar qaytarib berilmaydi.

Tanlov dasturida keltirilgan topshiriqlarning murakkab darajasi hamda unga qо‘yilgan talablar oliy ta’lim muassasalariga qabul qilinadigan abituriyentlar bilimlari darajasiga muvofiqlashtirilgan.

Tanlov ishtirokchilarining ijodiy ishlari 100 ballik tizim bо‘yicha baholanadi.

2. Tanlov ishtirokchilari tomonidan bajarilgan ijodiy ishlarning baholash mezonlari

Baholash obyekti

Maksimal ball

  1.  

Kompozitsiyaning formatga nisbatan joylashtirilishi

5 ballgacha

  1.  

Kompozitsiyaning mavzu jihatdan original topilganligi

5 ballgacha

  1.  

Kompozitsiya g‘oyasi, mazmuni, mohiyati mutaxassislikka xosligi

10 ballgacha

  1.  

Badiiy va g‘oyaviy ifodada ranglardan tо‘g‘ri foydalanish

5 ballgacha

  1.  

Asar qahramonining obrazini plastik yechim orqali topish

5 ballgacha

  1.  

Tasvirning ixtisoslik (nominatsiyaga) mosligi

10 ballgacha

  1.  

Kompozitsiya markazini tо‘g‘ri topilganligi

5 ballgacha

  1.  

Kompozitsiyada yorug‘ va soyani ishlanishidagi mahorati

10 ballgacha

  1.  

Kompozitsiyaning perspektiv (fazoviy) holati

5 ballgacha

  1.  

Kompozitsiyada tо‘q va och tuslarning tо‘g‘ri topilganlik darajasi

5 ballgacha

  1.  

Kompozitsiyada issiq va sovuq ranglarning uyg‘unlashuv darajasi

5 ballgacha

  1.  

Kompozitsiyada ranglar orqali atrof muhit bilan uzviy bog‘langanligi

5 ballgacha

  1.  

Kompozitsiyada ranglarning о‘zaro mutanosibligi va yaxlitligi darajasi

5 ballgacha

  1.  

Kompozitsiyada ranglarni perspektivadan о‘zgarish holati

5 ballgacha

  1.  

Kompozitsiyada rakurs va fazoviy holatining ishlanish darajasi

5 ballgacha

  1.  

Mavzuning mazmuni, ma’nosi, hamda ranglar uyg‘unligi

5 ballgacha

  1.  

Ishlanish mahorati  va uning tugallanish darajasi

5 ballgacha

Jami:

100 ball

Mazkur ixtisosliklar (nominatsiyalar) bо‘yicha vazifa sifatida tushishi mumkin bо‘lgan mavzular rо‘yxati:

2.1. Dastgohli rangtasvir rassomi (portret janri, peyzaj janri, natyurmort janri), qayta tiklash rassomi (rangtasvir asarlarini qayta tiklash);

1. Milliy о‘yinlar 

2. Qurilish 

3. Mening zamondoshim 

4. Dorbozlar

5. О‘lkamda qish

6. О‘lkamda yoz

7. О‘lkamda bahor

8. О‘lkamda kuz

9. Katta tanaffus

10. Sirk

11. Beg‘ubor yoshlik

12. Sport

13. Yurt mustaqilligi

14. Yozgi ta’tilda

15. Bozorda

16. Xasharda

17. Hayvonot bog‘ida

18. Kuzatish

19. Mening maktabim

20. Ustoz va shogird

21. Mening oilam

22. Birinchi qor

23. Temirchilar

24. Dо‘ppi tikuvchilar

25. Beshikchilar

26. О‘zbek kurashi

27. Nonvoyxonada

28. Mening mahallam

2.2. Mahobatli rangtasvir rassomi (interyer, eksteryer, mozaika), mahobatli bezak san’ati rassomi (mahobatli bezak, kulolchilik, mayda plastika);

1. О‘zbekiston tarixiy obidalari

2. Mustaqil О‘zbekiston

3. Industrial Toshkent

4. XXI asr kommunikatsion texnologiyalar asri

5. Orol fojiasi

6. Biz yomon illatlarga qarshimiz

7. Beg‘ubor bolalik

8. Mehnat

9. О‘zbek milliy hunarmandchiligi

10. Mustahkam oila

11. Vatan himoyachilari

12. О‘zbek milliy bayramlari

13. Navrо‘z – bayrami

14. О‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik bayrami

15. Xotira va qadrlash kuni bayrami

16. Jaloliddin Manguberdi timsolida

17. Mirzo Ulug‘bek

18. Alisher Navoiy

19. Buxoroda Xо‘ja Nasriddin

20. Kamoliddin Behzod

21. Ijodkor rassom

22. О‘zbek milliy о‘yinlari

23. Sport

24. Musiqa

25. Sharq taronalari

26. Raqs

27. Koinot

28. Yil fasllari

2.3. Teatr liboslari san’ati rassomi (tomoshabob liboslar, kino sahnalari liboslari, dunyo liboslari), Grimmchi rassom (kino va televideniye grimm rassomi, teatr grimmchisi), Teatr san’ati butafori rassomi, Teatr sahna bezagi rangtasvir rassomi

1. “Ali Bobo va qirq qaroqchi” (“1001 kecha” Sharq ertaklari turkumidan)

2. “Qadimgi Yunon afsonalari” asosida kompozitsiya

3. Rus xalq ertaklari turkumida kompozitsiya eskizi

4. О‘zbek xalq ertaklari turkumida kompozitsiya eskizi

5. G‘arb xalq ertaklari turkumida kompozitsiya eskizi

6. “Olovuddinning sehrli chirog‘i” (1001 kecha Sharq ertagi) asosida sahna eskizi

7. “Morozko” (Qish ertagi) Rus xalq ertagi asosida kompozitsiya eskizi

8. “Qadimgi suv kemalari” erkin mavzuda kompozitsiya eskizi

9. “Arab xalq ertaklari” erkin mavzuda kompozitsiya eskizi

10. “Xо‘ja Nasriddin Afandi” xalq ijodi turkumida kompozitsiya eskizi

11. “Qadimgi Misr afsonalari” turkumida kompozitsiya eskizi

12. “Chingizxon sulolasi” turkumida kompozitsiya eskizi

13. “Mirzo Ulug‘bek” turkumida kompozitsiya eskizi

14. “Venetsiya karnavali” (Italiya) turkumida kompozitsiya eskizi

15. “Buyuk Amir Temur” mavzusida kompozitsiya eskizi

16. “Abdulla Qodiriy ” asarlari turkumida kompozitsiya eskizi

17. “Farhod va Shirin” A.Navoiy asari asosida kompozitsiya eskizi

18. “Layli va Majnun” A.Navoiy asari asosida kompozitsiya eskizi

19. “Ulug‘ Vatan Urushi” (1941-1945) turkumida kompozitsiya eskizi

20. “Samarqand. Buxoro. Xiva” tarixiy obidalar asosida kompozitsiya

21. “Zolushka” Sharl Perro, Aka-uka Grimm ertaklari asosida eskiz

22. “Alvon gul” (“Alenkiy svetochek” S. Aksakov) Rus xalq ertagi asosida kompozitsiya

23. “Zumrad va Qimmat” О‘zbek xalq ertagidagi “О‘rmon” sahna kо‘rinishi eskizi

24. “Oltin baliq” A.Pushkin (Rus xalq ertagi) asari asosida kompozitsiya

25. “Semurg‘” H.Olimjon asari (ertagi) asosida kompozitsiya  eskizi

26. “Ur tо‘qmoq” О‘zbek xalq ertagi turkumida kompozitsiya eskizi

27. “Shum bola” G‘.G‘ulom asari asosida о‘zbek an’anaviy “mahalla kо‘chasi” kо‘rinishi eskizi

28. “Teatr sahnasida spektakl” erkin mavzuda kompozitsiya eskizi

2.4. Kino va televideniye rassomi (kino rassomi, televideniye rassomi)

1. Nasriddin Afandi (О‘zbek xalq latifalari)

2. Aldar Kо‘sa (Qozok xalk ertagi)

3. Ali Bobo va qirq qaroqchi (Ming bir kecha)

4. Olovuddinning sehrli chirog‘i (Ming bir kecha,arab xalk ertaklari)

5. “Gо‘rо‘g‘li” dostoni

6. Oltin baliq va baliqchi haqida ertak (A.S.Pushkin ertagi.)

7. Qor malikasi. (G.X.Andersen ertagi)

8. Nо‘xatpolvon. (О‘zbek xalq ertagi)

9. “Alpomish” dostoni

10. “Semurg‘” H.Olimjon asari (ertagi) asosida kompozitsiya eskizi

11. “Qadimgi suv kemalari” erkin mavzuda kompozitsiya eskizi

12.“Arab xalq ertaklari” erkin mavzuda kompozitsiya eskizi

13. “Abdulla Qodiriy ” asarlari turkumida kompozitsiya eskizi

14. “Farhod va Shirin” A.Navoiy asari asosida kompozitsiya eskizi

15. “Layli va Majnun” A.Navoiy asari asosida kompozitsiya eskizi

16. “Ulug‘ Vatan Urushi” (1941-1945) turkumida kompozitsiya eskizi

17. “Morozko” (Qish ertagi) Rus xalq ertagi asosida kompozitsiya eskizi

18. “Arab xalq ertaklari” erkin mavzuda kompozitsiya eskizi

19. “Xо‘ja Nasriddin Afandi” xalq ijodi turkumida kompozitsiya eskizi

20. “Qadimgi Misr afsonalari” turkumida kompozitsiya eskizi

21. “Chingizxon sulolasi” turkumida kompozitsiya eskizi

22. “Mirzo Ulug‘bek” turkumida kompozitsiya eskizi

23. “Ur tо‘qmoq” О‘zbek xalq ertagi turkumida kompozitsiya eskizi

24. “Zolushka” Sharl Perro, Aka-uka Grimm ertaklari asosida eskiz

25. “Qadimgi Yunon afsonalari” asosida kompozitsiya

26. Rus xalq ertaklari turkumida kompozitsiya eskizi

27. О‘zbek xalq ertaklari turkumida kompozitsiya eskizi

28. “Shum bola” G‘.G‘ulom asari asosida о‘zbek an’anaviy “bozor” kо‘rinishi eskizi

2.5. Grafika rassomi (dastgohlik grafika, kitob grafikasi, amaliy grafika)

1. Zumrad va Qimmat ertagiga illyustratsiya

2. Qizil qalpoqcha ertagiga illyustratsiya

3. Bо‘ri va yetti uloqcha ertagiga illyustratsiya

4. Ninachi va chumoli ertagiga illyustratsiya

5. Sholg‘om ertagiga illyustratsiya

6. Ur tо‘qmoq ertagiga illyustratsiya

7. Oltin tarvuz ertagiga illyustratsiya

8. Alpomish dostoniga illyustratsiya

9. Bо‘g‘irsoq ertagiga illyustratsiya

10. Buratino ertagiga illyustratsiya

11. Shum bola qissasiga illyustratsiya

12. Uch og‘a-ini botirlar ertagiga illyustratsiya

13. Nasriddin Afandi ertagiga illyustratsiya

14. Baliqchi chol va oltin baliq haqida ertagiga illyustratsiya

15. Bahor mavzusiga dastgohli grafika kompozitsiya

16. Oltin kuz mavzusiga dastgohli grafika kompozitsiya

17. Hosil bayrami mavzusiga dastgohli grafika kompozitsiya

18. Mening shahrim mavzusiga dastgohli grafika kompozitsiya

19. Milliy sport о‘yinlari mavzusiga dastgohli grafika kompozitsiya

20. Navrо‘z bayrami mavzusiga dastgohli grafika kompozitsiya

21. Mehnat mavzusiga dastgohli grafika kompozitsiya

22. Ona vatan mavzusiga dastgohli grafika kompozitsiya

23. Mustaqillik bayrami mavzusiga dastgohli grafika kompozitsiya

24. Uloq о‘yini mavzusiga dastgohli grafika kompozitsiya

25. Yurtimda bayram mavzusiga dastgohli grafika kompozitsiya

26. Bunyodkorlik mavzusiga dastgohli grafika kompozitsiya

27. Tо‘y marosimlari mavzusiga dastgohli grafika kompozitsiya

28. Varrak sayli mavzusiga dastgohli grafika kompozitsiya

29. Oila mavzusiga dastgohli grafika kompozitsiya

30. Musiqa olami mavzusiga dastgohli grafika kompozitsiya

2.6. Lokli miniatyura rassomi (lokli miniatyura, illyustratsiya miniatyurasi, pano miniatyurasi)

1. Zumrad va Qimmat ertagiga kompozitsiya

2. О‘zbek xalq ertaklaridan biriga kompozitsiya

3. Kamoliddin Behzod shogirdlar davrasida mavzusida miniatyura kompozitsiyasi

4. Ur tо‘qmoq ertagiga kompozitsiya

5. Oltin tarvuz ertagiga kompozitsiya

6. Uch og‘ayni botirlar ertagiga kompozitsiya

7. Sehrli shamchiroq ertagiga kompozitsiya

8. Yurtimizda bahor mavzusiga kompozitsiya

9. Oltin kuz mavzusiga miniatyura kompozitsiya

10. Mening mahallam mavzusiga miniatyura kompozitsiyasi

11. Mening qishlog‘im mavzusiga miniatyura kompozitsiyasi

12. Mening shahrim mavzusiga miniatyura kompozitsiyasi

13. Milliy sport о‘yinlari mavzusiga miniatyura kompozitsiyasi

14. Navrо‘z bayrami mavzusiga miniatyura kompozitsiyasi

15. Yoshlik mavzusiga miniatyura kompozitsiyasi

16. Hosil bayrami mavzusiga miniatyura kompozitsiyasi

17. Ona vatan mavzusiga miniatyura kompozitsiyasi

18. Xalqimizning milliy о‘yinlari mavzusiga miniatyura kompozitsiyasi

19. О‘zbek tо‘y marosimlari mavzusiga miniatyura kompozitsiyasi

20. Jaloliddin Manguberdi mavzusiga miniatyura kompozitsiyasi

21. Qovun sayli mavzusiga miniatyura kompozitsiyasi

22. Bizning oila mavzusiga miniatyura kompozitsiyasi

23. Buyuk ipak yо‘li mavzusiga miniatyura kompozitsiyasi

24. Buyuk mutafakkir olimlar mavzusiga miniatyura kompozitsiyasi

25. Amir Temur siymosiga bag‘ishlangan miniatyura kompozitsiyasi

26. Alisher Navoiy siymosiga bag‘ishlangan miniatyura kompozitsiyasi

27. Mirzo Ulug‘bek siymosiga bag‘ishlangan miniatyura kompozitsiyasi

28. A.Navoiyning “Farhod va Shirin” dostoniga miniatyura kompozitsiyasi

29. A.Navoiyning “Xamsa” dostonlarining biriga miniatyura kompozitsiyasi

3. Tasviriy san’at yо‘nalishidagi ixtisosliklar (nominatsiyalar) bо‘yicha tanlovni о‘tkazish tartibi

Tanlov о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlarining tasviriy san’at yо‘nalishidagi о‘quvchilar о‘rtasida har ikki yilda bir marta о‘tkaziladi.