Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

😄 Badiiy akademiya tasarrufidagi  Qashqadaryo ixtisoslashtirilgan san‘at maktab-internatida kashtado‘zlik yo‘nalishida qator ishlar olib borilmoqda. Jumladan, kuni kecha maktab-internatda mutaxassislik fanlari o‘qituvchisi Zilola Muratovaning kashtado‘zlik asarlari asosida shaxsiy ko‘rgazmasi tashkil qilindi.

😄 Ko‘rgazma ochilishida  maktab-internat direktori N.Xolmurodova, qator ustozlar so‘zga chiqib, Z.Muratovaning ijodiga muvaffaqiyatlar tilashdi.

😄 Mazkur ko‘rgazma Qashqadaryoda an‘anaviy hunarmandchilikni qo‘llab-quvvatlash hamda Shahrisabz shahrining turizm imkoniyatlarini kengaytirish, badiiy ta‘limni rivojlantirishga xizmat qilishi barobarida yoshlarda ushbu yo‘nalishga qiziqishini kuchaytiradi.