Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi “Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150-yilligini keng nishonlash to‘g‘risida” PQ-462-son qarori bilan tasdiqlangan Dasturning 1–bandida Barcha bo‘g‘indagi ta’lim muassasalari, kutubxonalar, mehnat jamoalari, mahallalar va harbiy qismlarda taniqli olimlar va adiblar ishtirokida Mahmudxo‘ja Behbudiy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ijodiy uchrashuvlar, adabiyot va kitobxonlik kechalarini tashkil qilish hamda o‘tkazish belgilangan.
Mazkur qaror ijrosini to‘liq va tizimli ta’minlash maqsadida, joriy 2025-yil 13-oktabr kuni soat 15:00da O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Anjumanlar zalida bir qator tashkilotlar Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, "O'zarxiv" agentligi, O'zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti hamda Toshkent Fotosuratlar uyi bilan hamkorligida Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligi munosabati bilan “Mahmudxo‘ja Behbudiy – Turkiston jadidchilik harakatining asoschisi, milliy ma’rifat rahnamosi” mavzusida ijodiy uchrashuv hamda “Akademiya” galereyasida “Tarixiy xotira, ma’naviy va ruhiy tarbiya – Yangi O‘zbekiston poydevori” degan shior ostida rangtasvir, plakat hamda haykaltaroshlik asarlaridan tashkil topgan badiiy ko‘rgazmasi o‘tkazildi.
Mazkur ijodiy uchrashuvni О‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi, O‘zbekiston Xalq rassomi, professor Nuridinov Akmal Vahobjanovich ochib berdi. Shuningdek, ijodiy uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi direktorining ilmiy ishlar bo'yicha o'rinbosari Murod Zikrullayev, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi Boshqarma boshlig‘i Shuhrat Hayitov hamda Filologiya fanlari doktori,dotsent. "Ma'rifat" targ'ibotchilar jamiyati a'zosi Mansur Yunusovlar
O‘zbekiston milliy uyg‘onish harakatining yirik vakillaridan biri — Mahmudxo‘ja Behbudiy nafaqat o‘z zamonasining ziyolisi, balki mustamlaka mafkurasiga qarshi kurashgan ma’rifatchi, siyosatchi, muharrir, pedagog, dramaturg va millatparvar fidoiyiligini, balki, uning butun umri va faoliyati millatning uyg‘onishi, bilim olish, erk va ozodlik sari intilishga bag‘ishlanganligi, Behbudiy o‘z asarlari, maqolalari va amaliy ishlari orqali zamondoshlariga ilhom bergan, kelajak avlodga esa buyuk meros qoldirganligini o‘zlarining mazmunli qiziqarli bahs munozaraga boy ma’ruzalarida ta’kidlab o‘tdilar.
Шу билан бирга, ижодий учрашув давомида “Tarixiy xotira, ma’naviy va ruhiy tarbiya – Yangi O‘zbekiston poydevori” shiori ostida rangtasvir, plakat hamda haykaltaroshlik asarlari badiiy ko‘rgazmasining ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi.
Mazkur ko‘rgazmada Sobir Raxmetovning “Mahmudxo'ja Byehbudiy portreti”, Timur Raxmyetovning “Mahmudxo'ja Byehbudiy portreti”, Aziza Mamatovaning “Usmon Nosir”, Asliddin Kalonovning “Mahmudxo'ja Byehbudiy”, Sardor Nugmanovning “Mahmudxo'ja Byehbudiy portreti”, Sarvar Yuldashyevning “Qurbon bo'lgan millat oydinlari”, Erik Kulmanovning “Ko'milgan so'zlar” kabi taniqli rassom ijodkorlar tomonidan yaratilgan 7 dona asarlar namoyish etildi.
Shu bilan birga, ko‘rgazmada Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Dizayn fakultyeti "Amaliy grafika va badiiy fotografiya" kafyedrasi talabalarining “Jadidlar g‘oyalari yangi О‘zbekiston strategiyasi bilan hamohangdir” shiori ostida Turkiston jadidchilik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi Mahmudxо‘ja Behbudiy hamda ma'rifatparvar jadid namoyandalari tasvirlangan "Jadidlar kompozitsiyasi" nomli plakatlar namoyish etildi.
Shuningdek, ko‘rgazmada bir qator iqtidorli yosh haykaltaroshlardan Ollabyergan Allabyerganovning Mahmudxo'ja Behbudiy haykali, Jasvant Annazarovning - Jadid ma'rifatparvar Abdulla Qodiriy, Abdulla Avloniy haykali, Artur Rajabovning Cho'lpon, Abdulla Qodiriy haykali, Bahrom Norboyevning - Abdulla Avloniy, Abdulla Qodiriy, haykallari ham namoyish etildi.
Mahmudxo‘ja Behbudiy – milliy uyg‘onish davrining buyuk allomasi, o‘z xalq uchun fidoiylik bilan xizmat qilgan ma’rifatchi, mutafakkir va ijtimoiy islohotchi. Uning hayotidagi har bir qadam millatni ilm, ozodlik, adolat va taraqqiyot sari boshlagan. Uning ishi bugungi kunda ham davom etmoqda – yangi avlodlar undan ilhom olib, vatanga xizmat qilishni o‘z burchi deb biladi. U qoldirgan boy ma’naviy, adabiy, siyosiy meros yurtimiz ma’naviy hayotida muhim o‘rin tutadi.
Uning xotirasiga Abdurauf Fitrat, Sadriddin Ayniy, Cho‘lpon va boshqa ziyolilar marsiyalar bag‘ishladi. Uning “maorif uchun yashang, millat uchun yashang” degan hayotiy shiori el-yurtimiz uchun doimo ibrat bo‘lib qoldi.