Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

12-noyabr kuni O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasining anjumanlar zalida O‘zbekiston xalq rassomi  Muxitdin Raximov hayoti va ijodiga bag‘ishlangan  “O‘zbekiston badiiy kulolchiligi” nomli kitob (o‘zbek va rus tillarida)  hamda “Muxitdin Raximov” nomli hujjatli film (ssenariy muallifi Elmira Axmedova, rejissyor Bahodir Zokirov) taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.

Taqdimot marosimini san'atshunos Elmira Axmedova olib bordi.

Ta'kidlanganidek, Muxitdin Raximov - o‘zining betakror ilmiy va ijodiy merosi, ijtimoiy faoliyati bilan mamlakatimizda amaliy sanʼat sohasini rivojlantirishga hamda Toshkent kulolchilik maktabining qayta tiklanishiga ulkan hissa qo‘shgan kulol, olim-tadqiqotchi hisoblanadi.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan O‘zbekiston tasviriy va amaliy sanʼat ravnaqi yo'lida fidokorona xizmat qilgan soha namoyondalarining boy ijodiy merosini xalqimizga to‘la yetkazish, atoqli rassom va xalq ustalari  xotirasini abadiylashtirishga katta eʼtibor qaratilmoqda. 

Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishiga muvofiq 2023-yilda Muxitdin Raximov tavalludining 120 yilligi keng nishonlandi, uning yurtimiz amaliy sanʼati rivojiga qo‘shgan hissasiga bag‘ishlab ko‘rgazma va Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etildi. M.Rahimov hayoti va ijodiga bag‘ishlangan bugungi kitob va film taqdimot marosimi ham shu maqsadga yo‘naltirilgani bilan ahamiyatli. 

O‘zbekiston kulolchiligining yirik namoyondasi M.Raximovning hayot yo‘li va ijodi haqida so‘z borar ekan, u kulolchilikning yurtimizda mavjud bo‘lgan turli maktablari tarixi va anʼanalarini o‘rganibgina qolmay, maktablarning unutilayozgan shakl va usullari, bezaklarni o‘z ijodida qayta jonlantirgani qayd etiladi. Kulol Raximovlar sulolasi 200 yillik tarixga ega bo‘lib, Muxitdin Raximov sulolaning to‘rtinchi avlod vakili hisoblanadi.

Badiiy akademiya rahbariyati, akademik rassom-ustalar, sulola vakillari, shogirdlar, san'at ixlosmandlari ishtirok etgan tadbirda  M.Raximov ijodi, qoldirgan boy merosi haqida fikr-mulohazlar bildirildi.