Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Hurmatli yurtdoshlar!

Dunyo xalqlari va millatlarining madaniy o‘zagi ularning milliy tilidir. Til – xalqning ma’naviy boyligi, tarixiy xotirasi, urf-odati, an’anasi va madaniyatining asosi. Shu bois har bir millat o‘z tilini asrash va uni avloddan avlodga yetkazishni o‘zining eng muqaddas burchi deb biladi.

1989-yil 21-oktabrda qabul qilingan “Davlat tili haqida”gi Qonun – xalqimizning mustaqillik sari tashlagan dadil qadami bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasida ham davlat tilining o‘zbek tili ekanligi qat’iy belgilab qo‘yilgan.

2020-yil 10-aprelda esa “O'zbek tili bayrami kunini belgilash to'g'risida”gi Qonun qabul qilindi. Qonunga asosan, 21-oktabr “O‘zbek tili bayrami kuni” etib belgilangan. Bu tarixiy sana endilikda yurtimizda har yili yuksak ruhda, katta ehtirom bilan nishonlanmoqda.

Shu munosabat bilan, Sizni – aziz vatandoshlarimizni – O‘zbekiston Badiiy akademiyasi jamoasi nomidan 21-oktabr - O‘zbek tili bayrami kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!

Ona tilimiz sofligi va jozibasini asrab, uni doimo e’zozlaylik! Tilimiz – milliy yuksalishimizning tayanchi va timsolidir!