Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Navro‘z - sharq xalqlari orasida bir necha ming yillardan buyon qadrlanib kelmoqda. Navro‘z tabiatning o‘zidan kelib chiqqan, kunu tun tenglashgandan so‘ng, kunlarning uzayishi, tabiatning uyg‘onish bayramidir. Uzoq qishdan so‘ng ko‘kda quyoshning yuz ko‘rsatishi, qirlarda maysa-giyohlarning nish urib chiqishi xalqimiz uchun haqiqiy bayramga aylangan. Nav – Yangi, ro‘z – kun, ya’ni Yangi kun deb atalishi bejiz emas. Bu bayram, avvalo, tabiatning jonlanishi, yangilanishi, Yangi yil bilan yurtimizga go‘zal bahor fasli kirib kelib, o‘zining yashil sepini yoyishi bilan boshlanadi.

Anʼanaga koʻra, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi va Badiiy koʻrgazmalar direksiyasi Navroʻzni bayramona vernisaj bilan kutib oladi.

Shu munosabat bilan, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining Markaziy koʻrgazmalar zalida respublika badiiy koʻrgazmasi tashkil etildi. Unda rassomlar badiiy obrazlar va ranglar jilosi orqali oʻz sanʼatini namoyish etmoqdalar.

Mazkur koʻrgazmada taniqli ijodrorlar – Lyubov Tiora, Diloram Mamedova, Fayzulla Axmadaliyev, Xurshid Ziyaxanov, Marina Pronina, Erik Kulmanov, Muqqadim Xalimov, Erkin Joʻrayev, hamda, yosh va isteʼdodli rassomlar – Anastasiya Tillayeva, Marjona Turabekova, Anna Ovchinnikova, Mirsaid Imamov, Marjona Zoxidova va boshqalar oʻz ijodiy ishlari bilan qatnashmoqdalar.
Rassomlarning asarlarida bahorning goʻzalligi va nozikligi, falsafiy mushohadalar va hayot haqiqati, yangi badiiy ifoda vositalarini izlash jarayonlari mujassam etilgan.

Koʻrgazma ekspozitsiyasiga 200 dan ortiq rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik hamda amaliy bezak sanʼati asarlari kiritilgan.

Koʻrgazma 14-aprelgacha davom etadi.