Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Qoraqalpog‘iston xalq rassomi Jenis Lepesov  taqdirlandi.

10-oktyabr kuni Jollibay Izentayev nomidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internatida "O‘zbekiston Badiiy akademiyasi fidoyisi" ko‘krak nishonini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

1-oktyabr- O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan badiiy ta’lim sohasini har tomonlama rivojlantirish, yosh avlodni xalqimiz an’analariga hurmat ruhida tarbiyalash va sohada iqtidorli ijodkor yoshlarning ta’lim olishiga qo‘shgan hissasi, yuqori darajadagi yorqin badiiy asarlar yaratish borasida fidokorona mehnati va yuksak natijalari uchun maktab-internatining nuroniy oʻqituvchisi, O‘zbekiston Respublikasiga xizmat ko‘rsatgan yoshlar ustozi, Qoraqalpog‘iston xalq rassomi Jenis Lepesov "O‘zbekiston Badiiy akademiyasi fidoyisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.