Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” — Samarqandda Respublika seminari bo‘lib o‘tadi
📆 Joriy yilning 9-10-oktabr kunlari O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufidagi Samarqand ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida “Samarqandda badiiy ta’lim va musavvirlik an’analari” mavzusida Respublika seminari bo'lib o'tadi.✔️
📝Mazkur seminar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tasviriy va amaliy san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida” 2025-yil1-iyuldagi PQ-212-son qarori hamda Samarqand maktabi an’analari, uning rivojlanishiga о‘zining kо‘p hissasini qо‘shgan ustalar, ularning ijodi, hayot yо‘lini yosh avlodga yetkazishni yо‘lga qо‘yish bо‘yicha maktabda olib borilayotgan ishlarni keng yoritish maqsadida o'tkazilmoqda.
🎉 Seminarning tantanali ochilish marosimi va kontsert dasturi 9-oktabr kuni soat 9:30 da bo‘lib o‘tadi‼️
🎨 Shuningdek, dastur doirasida ko‘rgazmalar, mahorat darslari va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.
❗️Tadbir barchaga ochiq bo‘lib, san’at sohasi vakillari, o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va san’atsevarlarni ushbu ijodiy uchrashuvda ishtirok etishga taklif qilamiz!❗️