Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
TAYINLOV!
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisining tegishli buyrug‘iga asosan Axmedova Madina Valijonovna tasarrufdagi Buxoro ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internati direktori lavozimiga tayinlandi.
M.Axmedova 1983-yilda Buxoro shahrida tavallud topgan.
2006-yilda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufidagi Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutini tamomlagan.
2006-2018-yillar davomida Buxoro viloyat ilmiy metodik markazi, Buxoro viloyat teleradiokompaniyasi, Muxtor Ashrafiy nomidagi sanʼat kolleji, Buxoro ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internatida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.
Tayinlovga qadar Buxoro ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internatida O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimida ishlab keldi.