Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Bugun, 22-aprel kuni Xalqaro anʼanaviy tasviriy va amaliy sanʼat festivali doirasida O‘zbekiston tasviriy sanʼat galereyasida "Turk dunyosining ayol rassomlari" xalqaro ko‘rgazmasi ochildi. 

Turkiy ayollarning betakror isteʼdodi asrlar davomida anʼanaviy hunarmandchilikda o‘z ifodasini topgan — gilam to‘qish, kashtachilik va namat bosish kabi sanʼat turlari shular jumlasidandir. Ularning asarlari turli mamlakat muzeylarining faxriy kolleksiyalarini bezab, go‘zallik, uyg‘unlik va maʼnaviy boylik haqidagi tasavvurlarini namoyon etgan. Ular nafaqat texnologiya va materiallar, balki maʼnaviy tajriba nuqtai nazaridan ham ko‘p asrlik anʼanalarni avloddan avlodga o‘tkazib kelmoqda.

«Turk dunyosi ayol rassomlari» xalqaro ko‘rgazmasining maqsadi — TURKSOY, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi va O‘zbekiston tasviriy sanʼat galereyasi tashabbusi bilan turkiy mamlakatlarning tasviriy sanʼat sohasidagi eng yirik va zamonaviy vakillarini birlashtirishdan iborat.Ko‘rgazma ishtirokchilari turli janrlarda ijod qiladilar, har bir yo‘nalish o‘ziga xos mavzusiga va betakror badiiy uslubiga ega.

Ko‘rgazmada turkiy xalqlarning «genetik xotirasi»ni o‘z ichiga olgan asarlar bilan bir qatorda, umuminsoniy qadriyatlarni aks ettiruvchi va turli uslublarda yaratilgan ishlar ham namoyish etilgan.

Ushbu ko‘rgazma orqali nafaqat turkiy dunyo ayollari ijodidagi zamonaviy tasviriy sanʼat bilan tanishish, balki madaniyat va sanʼat taraqqiyoti uchun zarur bo‘lgan anʼanaviy va maʼnaviy birlikni his etish imkoni ham yaratiladi.

Ekspozitsiyada Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Turkiya va O‘zbekistondan 21 nafar rassom ayollarning asarlari namoyish etilgan.

Ko‘rgazma munosabati bilan maxsus katalog nashr etildi.