Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Bugun,20- dekabr kuni Toshkent fotosuratlar uyida O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, “Do‘stlik” ordeni sohibi Valeriy Eninning “Lahzaning abadiyligi” shaxsiy ko‘rgazmasining oshilishi marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ko‘rgazmada rassomning 40 dan ortiq asarlari namoyish etilmoqda.

“Tabiat Valeriy Eninning rassom sifatida shakllanishiga o‘z ulushini qo‘shdi. Rang-barang tabiati, go‘zalligi va ulug‘vorligi bilan ajralib turadigan O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlar Valeriy Eninni go‘zal kartinalar yaratishga ilhomlantirdi. Keyinchalik uning Qirg'iziston, Xitoy, Tojikiston kabi boshqa mamlakatlarga qilgan ijody safarlari palitrasini yanada boyitib, mahoratini oshirdi.
 Valeriy Enin manzaralarini kuzatsangiz, Yaratganning o‘zi naqadar go‘zal ijodkor ekanini his qilasiz. Uning suratlaridagi tabiat obrazlari goh ulug‘vorligi, goh samimiy talqini bilan hayratga solib, goh poetik, goh falsafiy mulohazalarga yetaklaydi. Rassom inson Buyuk Tabiatning ajralmas qismi ekaniga, uning koinot bilan hamohangligi ishora qiladi, insonni asl manbalarga qaytarishga urunadi.
 Uning ko‘pgina kartinalarida yilning turli fasllari tasvirlangan tog‘larni ko‘rishimiz mumkin. Ular bahorning uyg‘onishini his qilib, yozning jazirama quyoshiga toblanib, yorqin kuzni boshdan kechirib, mahobatli qishni kutib olib, o‘z hayotlarini yashayotgandek tuyuladi.
Rassom ba'zan natyurmortlar ham chizadi va o‘z ijodiga janr xilma-xilligini kiritishga harakat qiladi. U ko‘p ishlaydi va o‘zining hayoliy dunyosini yaratadi.
 Uning asarlari nafaqat O‘zbekistonda, balki turli mamlakatlardagi muzey va shaxsiy kolleksiyalarda, hamda zamonaviy interyerlarda o‘zining munosib o‘rnini topadi. Ular uning qalbi taftini, kayfiyatini, fikrlari va his-tuyg‘ularini ko‘tarib, tomoshabinga yetkazadi va shu orqali ularning ma‘naviy dunyosini boyitadi”.
Kamola Oqilova
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, san’atshunoslik fanlari doktori, professor.

Rassom haqida:
1964 y. – Toshkent shahrida tug‘ilgan.
1979-1983 yy. – P.Benkov nomidagi RRBYda o'qiygan.
1983-1990 yy. – A.N.Ostrovskiy nomidagi TTRIda o‘qigan (mahobatli-dekorativ rangtasvir kafedrasida).
1993 y. – O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi.
2004 y. – “Oʻzbekiston rus rassomlari” koʻrgazmasida (Toshkent) va “M-Art” galereyasida (Vena, Avstriya) ishtiroki.
2005 y. – Oʻzbekiston zamonaviy sanʼat markazida shaxsiy ko‘rgazmasi (Toshkent shahri).
2006 y. – O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi.
2006 y. –Strasburg (Frantsiya), Bryussel (Qirollik tarix muzeyi), Parij (Oʻzbekistonning Fransiyadagi elchixonasi), Oʻzbekiston Tasviriy sanʼat galreyasida (Toshkent) shaxsiy koʻrgazmalari bo‘lib o‘tgan.
2008 – 2024 yy. – Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Turkiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Rossiyada shaxsiy va guruh koʻrgazmalari.
2014 y. – O‘zbekiston Respublikasining "E’tirof" Davlat mukofoti laureati.
2014, 2024 yy. – O‘zbekiston Badiiy akademiyasi va O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasining Oltin medali bilan taqdirlangan.
2024 y. – “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangan.