Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
2025 yilning 11 oktyabr kuni soat 15:00da O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyining katta ko’rgazmalar zalida "XIGASHIKAVANING FOTOSURATLAR SHAHRI SIFATIDA 40 YILLIGI: XIGASHIKAVA FOTOKO'RGAZMASI" nomli ko'rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tashkilotchilar: Higashikawa shahar hokimligi, “Higashikawa Town Promotion Public Corporation Ltd”.
Hammualliflar: “General Incorporated” jamg’armasi, “O`zbekiston–Yaponiya Ipak yo`li” jamg`armasi.
Maxsus hamkorlar: Yaponiya Fotosanoati instituti, Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyi
Hamkorlar: Oʻzbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi.
Xokkaydo markazidagi Daysetsuzan milliy bog'i etagida joylashgan Xigashikava shahri 1985 yilda o'zini "Fotosuratlar shahri" deb e'lon qildi va o'z faoliyatini jamiyat rivojlanishining asosi bo'lgan fotografiya madaniyatidan boshladi. O'shandan beri, "Xalqaro fotosuratlar festivali", "Foto Koshien" va "O'rta maktab xalqaro almashinuvi fotosuratlari festivali" kabi tadbirlar orqali u mahalliy va xalqaro miqyosda ko'plab odamlar bilan bog'lanib, fotografiya orqali jamiyat taraqqiyotini rivojlantirib kelmoqda.
2025-yil 1-iyun kuni Xigashikava shaharchasi “Fotosuratlar shahri deklaratsiyasi”ning 40 yilligini nishonladi. Ushbu ko'rgazmada Xigashikavaning hozirgi ko`rinishini tasvirlagan 50 ta asar namoyish qilinmoqda.
✅Ko`rgazma joriy yilning 19 oktyabrigacha davom etadi.
✅Kirish bepul.
📍Manzil: Yusuf Xos Xojib ko'chasi, 37 "A". (https://www.google.com/maps/place/Ikuo+Xirayama+Xalqaro+madaniyat+karvon+saroyi/@41.2991665,69.2607022,21z/data=!4m14!1m7!3m6!1s0x38ae8ae127c8fb4f:0xbc64d68a350772e0!2sIkuo+Xirayama+Xalqaro+madaniyat+karvon+saroyi!8m2!3d41.2992179!4d69.260794!16s%2Fg%2F12qg6j_ng!3m5!1s0x38ae8ae127c8fb4f:0xbc64d68a350772e0!8m2!3d41.2992179!4d69.260794!16s%2Fg%2F12qg6j_ng?entry=ttu)