Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Bugun, 2-iyul kuni Xanchjou rassomlik akademiyasi badiiy muzeyida Xitoy va O‘zbekiston rassomlarining “Bir buyuk makon, bir farovon yo‘l” ko‘rgazmasi ochildi.

🟢Tadbir Xanchjou rassomlari uyushmasi, Chjejiang xalqaro san’at almashinuvi uyushmasi va O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan tashkil etildi.
 
🟢Ushbu ko'rgazmada O'zbekistonning Fayzullo Axmadaliyev, Baxtier Maxkamov, Akmal Nur, Farrux Ahmadaliev, Dilshod Vahobov singari rassomlari, shuningdek, O'zbekiston Badiiy akademiyasi Rassomlik mahorat ustaxonasi stajyorlari - Bobur Vahobjonov, Jahongir Abdullaev, Umidjon Alimov, Shoxrux Ko'simovlar, Mirvohid Mirsaidov, Zuxriddin Kiyomov asarlari o’rin oldi.

🟢 Tadbirda O‘zbekiston Respublikasining Shanxaydagi Bosh konsuli – A’zamjon Mansurov ham ishtirok etdi.

“Bir buyuk makon, bir farovon yo‘l” ko‘rgazmasi

 Ko‘rgazma ochilishidan so‘ng O‘zbekiston Badiiy akademiyasi va ko‘rgazma tashkilotchilari o‘rtasida madaniy almashuv va kelgusi hamkorlik bo‘yicha qator shartnomalar imzolandi. 

Xususan, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi va Xanchjou rassomlar uyushmasi raisi, Xanchjou rassomlik akademiyasi raisi o‘rinbosari va Chjejiang xalqaro san’at almashinuvi uyushmasi bosh kotibi o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi.