Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Joriy yil 10-oktyabr kuni  O'zbekiston Badiiy akademiyasi raisi  Akmal Nur Buxoro viloyatida xizmat safarida bo'lib, tasarrufdagi Buxoro ixtisoslashtirilgan san'at maktab-internatida o'quvchi yoshlar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda so‘zga chiqqan Badiiy akademiya raisi boy va rang-barang tasviriy sanʼatimiz borligi, agar yoshlar qalbiga  tasviriy sanʼatga mehr va muhabbat hissi chuqurroq singdirilsa, ularni barkamol insonlar qilib tarbiyalashda katta natijalarga erishilishini, shuning uchun yoshlarni  sanʼatga oshno qilish, sohada iqtidorini namoyon etishiga munosib shart-sharoit yaratishga davlatimiz rahbari tomonidan katta e'tibor qaratilayotganini ta'kidladi.

Prezidentimizning  joriy yil 1-iyulda qabul qilingan "Tasviriy va amaliy sanʼat sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar  to‘g‘risida" PQ-212-son qarori sohadagi yosh ijodkorlar istiqboli uchun keng imkoniyat yaratganini aytib o'tdi. Bu saʼy-harakatlar natijasida yoshlarimiz nafaqat yurtimiz, balki xalqaro miqyosdagi turli ijodiy tanlovlarda ishtirok etib, o‘zbek tasviriy sanʼati yutuqlarini tanitib kelishmoqda.

Uchrashuv savol-javoblarga boy kechdi. O'quvchilar akademik-rassom Akmal Nur ijodi bilan qiziqishdi.

O‘zbekiston xalq rassomi Akmal Nur ijod sirlari bilan o‘rtoqlashar ekan, tinimsiz mehnat har qanday muvaffaqiyat garovi ekanligini taʼkidladi, kerakli maslahat va tasviyalar berdi, yoshlarga o'qish va ijodda omad tiladi.