Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
Fanlar akademiyasi Materialshunoslik institutida akademik Sodiq Azimovich Azimov tavalludining 110 yilligi munosabati bilan olim haykali tantanali ochildi.
Tadbirda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur, taniqli davlat va jamoat arboblari, yetakchi olimlar, akademikning oila a'zolari, shogirdlari hamda xorijlik mehmonlar ishtirok etdi.
Ta'kidlanganidek, akademik Sodiq Azimovning ilm-fan rivojiga qoʻshgan beqiyos hissasini yodga olish, uning boy ilmiy merosini kelajak avlodlarga yetkazish olim xotirasiga ehtirom sanaladi.
Haykal muallifi - O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a'zosi, taniqli haykaltarosh Yunus Safardiyor
Ma'lumot o'rnida:
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, fizik olim Sodiq Azimov (1914–1988) — respublika ilm-fanida yadro fizikasi va quyosh energiyasidan foydalanish sohalarining asoschilaridan biri. U O‘zR FA Yadro fizikasi instituti tashkilotchilaridan bo‘lib, Parkentdagi quyosh pechining barpo etilishida muhim rol o‘ynagan. Azimov 14 nafar fan doktori va 70 dan ortiq fan nomzodlarini tayyorlagan, 1964-yilda “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi” unvoniga sazovor bo‘lgan.