close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Bugun Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi, akademik, professor Akmal Nur Koreya Respublikasi Kemyong universiteti Tasviriy sanʼat kolleji talabalariga maʼruza oʻqidi.

Notiq maʼruzasida Oʻzbekiston zamonaviy sanʼati, milliy tasviriy sanʼat maktabi va ularning rivojlanish tendensiyalari haqida atroflicha toʻxtaldi.

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisining ushbu tashrifi Oʻzbekiston tasviriy sanʼati va madaniyatini Janubiy Koreyada keng targʻib qilish, badiiy taʼlimda oʻzaro tajriba almashuvni rivojlantirishga xizmat qiladi.