close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

2026-yil 4-mart kuni Alisher Navoiy nomidagi Sirdaryo viloyat Axborot-kutubxona markazi ko‘rgazmalar zalida taniqli jurnalist, shoira va fotorassom Nazira Boymurodovaning “Bahor keldi, Gulistonimg’a” nomli shaxsiy fotoko‘rgazmasi ochildi. Tadbir “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” doirasida tashkil etilgan bo‘lib, 8-Mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni hamda ulug‘ qadriyatlarimizni mujassam etgan Navro‘z ayyomiga bag‘ishlandi.

Toshkent fotosuratlar uyi ko‘magida tashkil qilingan ushbu fotoko‘rgazmada muallifning milliy qadriyatlar, urf-odatlar va ona yurtga bo‘lgan mehrini aks ettiruvchi asarlari namoyish etildi. Suratlardan tabiat go‘zalliklari, milliy liboslar, urf-odatlar bilan birga, Sirdaryo xalqining kundalik hayoti va bayramona kayfiyati ham ko‘zga tashlanadi.

Nazira Boymurodova o‘z ijodida nafaqat vizual obrazlar, balki xalqimizning qadriyatlari, millatlararo bag‘rikenglik va ona yurtga sadoqat g‘oyalarini ifodalaydi. Har bir foto lavha tomoshabinga muallifning fikrlari va hissiyotlarini yetkazadi, bahorona kayfiyat va Navro‘z shukuhini his ettiradi.

Fotoko‘rgazma 20-martga qadar davom etadi.