Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
📍 Andijon viloyatida bo‘lib o‘tgan navbatdagi uchrashuv viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov bilan Bobur shahridagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida o‘tkazildi.
Uchrashuvda mazkur qaror doirasidagi vazifalarni amalga oshirish, tasviriy va amaliy sanʼat sohasida yangi bosqichni boshlab beruvchi tashabbus va rejalar muhokama qilindi.
“Yo‘l xaritasi”ga muvofiq quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:
Andijon shahrida sanʼat galereyasi tashkil etiladi – rassomlar va amaliy sanʼat ustalari ijodiy ko‘rgazmalari, madaniy tadbirlar uchun yangi maydon yaratiladi.
Andijon ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internatining shart-sharoitlari yaxshilanadi, badiiy ta’lim sifatini oshirishga doir amaliy chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Bobur shahrida har yili “Rassomlar festivali” o‘tkaziladi – bu festival O‘zbekiston Badiiy akademiyasi bilan hamkorlikda tashkil etiladi.
“Andijon manzaralari” nomli ko‘rgazma har yili Badiiy akademiyaning Markaziy ko‘rgazmalar zalida (Toshkent shahrida) tashkil etiladi.
Andijonda barpo etilayotgan turar-joy va inshootlarni tashqi bezash jarayoniga O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zolari jalb etiladi.
Andijon rassomlari ijodini xalqaro miqyosda targ‘ib qilish maqsadida hamkorlik aloqalari rivojlantiriladi.
Shuningdek, O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi Andijon viloyat bo‘limiga a’zo rassom va ustalar bilan bo‘lgan muloqotda:
Viloyatdagi yaratuvchanlik va bunyodkorlik ishlarini tasvirlash,
Mahalliy atoqli san’atkorlar nomini abadiylashtirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
🖌 Ushbu tashabbuslar vodiy san’atining tarixiy merosi va bugungi bunyodkorlik ruhini uyg‘unlashtirgan holda, Andijonni zamonaviy san’at markazlaridan biriga aylantirish sari muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.