2025-yil 16-dekabr kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasining anjumanlar zalida Prezidentning 2025-yil 1-iyuldagi PQ–212-son qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan #art_chellenge onlayn tanlovining g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovga 200 dan ortiq ijodiy videoroliklar taqdim etilib, hakamlar hay’ati tomonidan 12 nafar ishtirokchi turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘olib deb topildi.
🎨 Tasviriy san’at yo‘nalishi g‘oliblari:
Odina Abdulhamidova, 15 yosh (Toshkent) – “Soch o’rimida mehr, mehrda esa millatning asriy qadri bor!”
Aida Burxonova, 15 yosh (Qashqadaryo)
Sayyora Abriyeva, 19 yosh (Toshkent)
Gulira’no Solijonova, 16 yosh (Andijon) – “Mirzo Ulug'bek nigohi”
Shoxsanam Raxmonova, 15 yosh (Qoraqalpog’iston) – “Qoraqalpoq milliyligi”
Diyora Mardonova, 14 yosh (Toshkent)
Umidjon Rofiyev, 17 yosh (Surxondaryo) – “Sherobodning sehrli aks-sadosi”
🎨 Haykaltaroshlik yo‘nalishi g‘oliblari:
Husan Xolmurodov, 14 yosh (Surxondaryo) – “Tuya haykali”
Ra’no Eshmurodova, 16 yosh (Toshkent) – “Eyforiya”
Yahyo Obidjonov, 16 yosh (Toshkent) – “Bahor” portret va haykal kompozitsiyasi
🎆 Grafika yo‘nalishi g‘olibi:
Shabnam Xatamova, 16 yosh (Toshkent)
📜 Amaliy san’at (naqqoshlik) yo‘nalishi g‘olibi:
Shahrizoda Xushvaqtova, 17 yosh (Qashqadaryo)
✅ #art_chellenge 2026 tanlovi ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, 14–30 yoshgacha bo‘lgan yosh ijodkorlar yangi asarlari bilan ishtirok etishlari mumkin.