close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Bugun, 17 iyun kuni Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyining kichik ko’rgazmalar zalida Axmat Shaymuradovning “SIYMOLARDA QOLGAN IJOD” nomli xotira ko'rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Xotira korgazmada marhum haykaltaroshning umrining songgi yillarida yasagan turli hajmdagi 30dan ortiq haykalchalar va byustlar hamda ijodkorning 40dan ortiq ishlarining fotosuratlari namoyish qilindi.
Ahmat Shaymuradov 1966 yildan boshlab Arxitektura va qurilish institutida 10 yil talabalarga dars bergan. Ushbu institutni tashkil qilish va uni rivojlantirishda katta hissa qo‘shgan insonlardan biridir.
Ahmat Shaymuradov – 1967 yildan boshlab O‘zbekiston Badiiy Ijodkorlar uyushmasi a’zosi. O‘qishni bitirib 10 yil davomidagi kecha-yu kunduz ishlarini hukumatimiz yuqori baholab, 1975 yili haykaltaroshlar ichida birinchi bo‘lib O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi unvonini oldi. Buning uchun albatta, ko‘p mehnat qilish kerak bo‘ldi.
Ahmat Shaymuradov 1986 yilgacha 35-40 yil davomida faol ijod bilan shug‘ullandi. Ahmat aka o‘z ishining ustasi, juda ko‘p asarlar yaratishga muvaffaq bo‘lgan ijodkordir.
Axmat aka o`z ijodi haqida shunday derdi: “Haykal yaratish uchun ijodkor nafaqat, kuchli iroda, tajribaga ega boʼlishi, balki jismonan va ruhan yetuk boʼlishi kerak. Ijodimni oʼzbek xalqimga bagʼishlaganman. Toshlar bilan tillashib, ular bilan gaplashib chiqardim. Biror joyi oʼxshamasa, toʼxtab tur, sen gapimga kirmayapsanmi hali, deya goh urishib, goh maqtar edim. Ijodim davomida shu narsaga amin boʼldimki, bir inson umri koʼzlagan maqsadlarni amalga oshirishga yetmas ekan. Yildan – yilga kuchim ketayapti, lekin shogirdlarimning ishlarimni davom ettirayotganidan xursandman. Men oxiriga yetkazmagan ishlarni ular tugallashadi”.

✅Ko‘rgazma joriy yilning 28 iyunigacha davom etadi.