close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

O‘zbekiston Badiiy akademiyasida Badiiy akademiya raisi yordamchisi Azamat Hamrayev rahbarligida Akademiya xodimlari ishtirokida ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini munosib nishonlash, mazkur sana munosabati bilan belgilangan chora-tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish hamda topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash bilan bog‘liq masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, Akademiyada ijro intizomini yanada mustahkamlash, xodimlarning murojaat, taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ish jarayonida yuzaga kelayotgan masalalarni tezkor va samarali hal etish, shuningdek, jamoada o‘zaro hamkorlik va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalarni sifatli va o‘z muddatida amalga oshirish, ijro intizomini ta’minlash hamda mas’ullarning shaxsiy javobgarligini oshirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.