close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

2026-yil 9-oktabr kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Anjumanlar zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi mazmun-mohiyati, unda ilgari surilgan ezgu g‘oya va tashabbuslarning ijtimoiy-ma’naviy ahamiyatini tushuntirishga qaratilgan o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi markaziy apparati, tizim tashkilotlari hamda ta’lim muassasalari xodimlari ishtirok etdi.

O‘quv-seminarida falsafa fanlari doktori, Ma’rifat targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi Shahlo Axrorova ma’ruza bilan ishtirok etdi. Ma’ruzada davlatimiz rahbarining nutqida ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslarning mazmun-mohiyati, ularning jamiyat hayotidagi o‘rni hamda ijtimoiy-ma’naviy ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish masalalari yoritildi.

Shuningdek, tadbir davomida Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga bag‘ishlangan videorolik hamda “O‘zbek kelayotir, tarix qa’ridan” nomli videoklip namoyish etildi.

Mazkur o‘quv-seminari mustaqillikning tarixiy ahamiyati, milliy o‘zlik va ma’naviy qadriyatlarni anglash, Prezident nutqida ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslarning mazmunini chuqur tushunish hamda ularni keng jamoatchilikka yetkazish masalalariga qaratildi.