Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-iyuldagi “Tasviriy va amaliy san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-212-son qarorining 5.1-bandi ijrosi yuzasidan bugun, 3-dekabr kuni yoshlarning tasviriy san’atga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodiy fikrlashini, estetik didini va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida “Yosh ijodkorlar klubi” tashkil etildi.

Klub Nizomiga muvofiq, rangtasvir, grafika, dizayn hamda amaliy san’at yo‘nalishlarida ijod qiluvchi 10 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan eng faol ijodkor yoshlar klub a’zoligiga jalb qilindi.

Klubning asosiy vazifalari:

  • rassomchilik, dizayn, rangtasvir, grafika va amaliy san’at yo‘nalishlarida bilim va ko‘nikmalarni oshirish;

  • yosh rassomlar uchun tanlov, ko‘rgazma va ijodiy uchrashuvlar tashkil etish;

  • milliy va jahon san’ati namunalarini o‘rganish, tahlil qilish va ularni amaliy mashg‘ulotlarda qo‘llash;

  • talabalar va o‘quvchilar o‘rtasida san’atga muhabbat hamda estetik didni shakllantirish;

  • ijodiy loyihalar, mahorat darslari va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etishdan iborat.