Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

27 -noyabr kuni O'zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo texnologiyalari universiteti Toshkent shahri filiali taklifiga muvofiq ushbu oliy ta'lim maskaniga tashrif buyurdi.

Tashrif avvalida Badiiy akademiya raisi universitet rektori Botir Nurmatov va mas'ullar tomonidan oliygoh talabalari bilim olishi uchun  yaratilgan sharoitlar hamda imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirildi. Shundan so'ng, O'zbekiston xalq rassomi Akmal Nur hamda talabalar ishtirokida uchrashuv tashkil qilindi. Uchrashuv ko'tarinki ruhda, samimiy tarzda bo'lib o'tdi.
 

Ijodiy uchrashuvdan ko'zlangan asosiy maqsad, yoshlarning badiiy tafakkurini yuksaltirish, ularning san'atga bo'lgan qiziqishini yanada orttirishdan iborat.

Uchrashuvda o'qituvchi va talaba yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi. Tashrif yakunida Akmal Nur univeristet kutubxonasiga o'zining shaxsiy albomini sovg'a qildi.