close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon


O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur xizmat safari bilan ayni damda Navoiy viloyatida bo‘lib turibdi. 

Badiiy akademiya raisi safar doirasida Navoiy davlat universitetida bo‘lib, oliygohning San’at va sport fakulteti Tasviriy san’at va muhandislik kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Ranglarda hayot” nomli badiiy ko‘rgazmaning ochilishida qatnashdi.

Navoiy davlat universitetida oliygohning San’at va sport fakulteti tasviriy san’at va muhandislik kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Ranglarda hayot” mavzusidagi badiiy ko‘rgazmada O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur boshchiligida poytaxt va viloyatlardan akademik  rassomlar ishtirok etdi.

Ustoz rassomlar ko'rgazma doirasida yoshlar mashqini kuzatish barobarida ularga ijodiy tavsiya va maslahatlar berishdi.