close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi Toshkent viloyati bo‘limi hamda “Art-Karvon” rassomlar guruhi hamkorligida Toshkent viloyati Parkent tumani Bo‘ston qishlog‘ida bahorgi plener tashkil etildi.

Mazkur plenerda “Art-Karvon” guruhi a’zolariRossiyalik rassomlar Irina Kovalenko, Natalya Vernoslova, Marina Komissarova, Mariya Kovalenko, Aleksandr Titov, shuningdek O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zolariFozilov Olimjon, Urmanov Murodjon, Musayev Djumaboy, Shamsiyev Chorshanbi hamda rassom Kobilov Anvar faol ishtirok etdilar.

Plener davomida rassomlar tabiat manzaralari, qishloq hayoti va bahoriy kayfiyatni o‘z asarlarida aks ettirdilar. Ishtirokchilar ijodiy muloqot qilib, o‘zaro tajriba almashdilar.

Plener yakunida ishtirokchilar O‘zBIU a’zosi, rassom Murodjon Urmonovning ijodiy ustaxonasiga tashrif buyurdilar va uning ijodi bilan yaqindan tanishdilar. Rassom o‘z asarlari va ijodiy izlanishlari haqida so‘zlab berdi. Ustaxonada namoyish etilgan asarlar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.