Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

19- noyabr kuni O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi Namangan viloyat bo‘limi tashabbusi bilan Namangan ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internatida Badiiy akademiya akademigi, professor, O‘zbekiston Respublikasi sanʼat arbobi, kino sanʼati rassomi Baxtiyor Nazarovning "Kino olamidagi izlanishlar" mavzusida shaxsiy ko‘rgazmasi ochildi.

Ko‘rgazmada muallif tomonidan Boboraxim Mashrab kinofilmiga ishlangan 100 ga yaqin eksplikatsiyalar, eskizlar, shuningdek, buyuk shoir yashagan davr bilan bog‘liq dekoratsiya va liboslar namunalari namoyish qilindi.

Tadbirda Namangan viloyat hokimligi mutasaddilari, sanʼat sohasida bilim olayotgan yoshlar, murabbiylar va ijodkor o‘quvchi-yoshlar qatnashdi.

Ko‘rgazma doirasida muallif bilan ijodiy suhbat tashkil qilindi, unda akademik B.Nazarov yoshlarni kinosanʼatiga tegishli  savollariga  javob berdi. 

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad -  yoshlarga kinoni yaratishda rassomning o‘rni, xizmati haqida tushuncha berish va tasavvur uyg‘otishdan iborat.