Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufidagi Buxoro ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan “Bir Vatan, bir el, bir bayroq” shiori ostida “Bayrog‘im, faxrim, g‘ururim” mavzusida tadbir va rasmlar tanlovi o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Jamoatchilik kengashining hududiy bo‘linmasi vakillari, viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi Faxriylar kengashi, DXX Chegara qo‘shinlari Faxriylar kengashi, Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi xodimlari, shuningdek Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Buxoro shahar bo‘linmasi rahbari A. Hakimov hamda san’at maktab-internati rahbariyati va o‘quvchilari ishtirok etdilar.

Dastlab Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi askarlarining qo‘l jangi chiqishlari va qurol-aslahalar ko‘rgazmasi namoyish etildi.

Tadbirning ikkinchi bosqichida san’at maktab-internati o‘quvchilari o‘rtasida “Bayrog‘im, faxrim, g‘ururim” mavzusidagi rasmlar tanlovi o‘tkazildi. O‘quvchilar o‘z ijodiy ishlari orqali Davlatimiz bayrog‘i tasviriy zaminida buyuk ajdodlarimiz, milliy g‘urur ramzlari va yurtimiz taraqqiyoti g‘oyalarini badiiy talqinda aks ettirib, san’at orqali Vatanga bo‘lgan hurmat va ehtiromlarini ifoda etdilar.

Tanlov yakunida g‘oliblar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Buxoro shahar bo‘linmasi tomonidan diplomlar, badiiy kitoblar va tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.