Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
Joriy yilning 16-noyabr kuni Toshkent shahridagi Botanika bog‘i yana bir bor san’at ruhi bilan to‘ldi. Kuzning rang-barang manzaralari bag‘rida Badiiy ijodkorlar uyushmasi Toshkent viloyati bo‘limi tomonidan “Ustoz va shogird” an’anasi asosida tashkil etilgan plener bo‘lib o‘tdi. Unda ijodkor rassomlar, Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zolari Zuxriddin Islamshixov, Olimjon Fozilov, Baxtiyor Alimov va Pavel Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan san’at maktabi o‘quvchilari ishtirok etishdi.
Kuz faslining mayin shivir-shiviri, sarg‘aygan barglar ijodkorlarning qalbiga ilhom bag‘ishladi. Plener davomida ustozlar o‘z tajribalari va tabiatni jonli holda tasvirlash kabi mahorat sirlarini shogirdlar bilan o‘rtoqlashdilar.
Ustoz va shogird o‘rtasidagi samimiy muloqot, jonli tajriba almashinuvi, birgalikda ijod qilish jarayoni — bu nafaqat rassomchilik, balki ma’naviy kamolot uchun ham katta maktab bo‘ldi. Yoshlar o‘z ustozlari yonida nafaqat rasm chizishni, balki tabiatni his qilish, har bir bargning rangini ko‘ra bilish va uni qalbdan o‘tkazib, motaga tushirish mahoratini ham o‘rgandilar.